Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray
133 – rasm. Optik – absorbsion gaz analizatorining blok–sxemasi.
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari. Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni va
bug‘larni uzluksiz tarzda avtomatik tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa bu
usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning mikrokonsentratsiyasini, toza gazlar
ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar konsentratsiyasini, shuningdek,
suyuqliklarda erigan gazlar konsentratsiyasini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi.
194
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida biror komponentning konsentratsiyasi
aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralashmasining elektr-
kimyoviy xossalarining o‘zarishiga qarab aniqlanadi.
Konduktometrik gaz analizatorlari gaz aralashmasining o‘lchanadigan
komponentini absorbsiyalovchi yutuvchi eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini
o‘lchashga asoslangan.
Kontaktli konduktometrik usullar shu bilan xarakterlanadiki, yutuvchi eritma
o‘lchash yacheykasining elektrodlari bilan bevosita kontaktlashadi. Bu asboblar
murakkab qurilmalar bo‘lishni talab qilmaydi, ko‘rsatishlarni bevosita hisoblab
borishga imkon beradi, tayyorlanishi va ishlatilishi sodda.
Yutuvchi eritma sifatida, odatda, shunday eritma tanlanadiki, u tahlil
qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi.
Dissotsiatsiyalangan molekulalar soni kamayishi natijasida eritmaning elektr
o‘tkazuvchanligi yutilgan komponent miqdoriga mutanosib ravishda kamayadi.
Yutuvchi eritmalar tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishi
natijasida asbob kanalchalarining devorlarida hamda o‘lchash elektrodlarida
cho‘kmalar hosil bo‘ladi, bu esa o‘lchash natijalarini xato ko‘rsatadi va
komponentlarning mikrokonsentratsiyalarini aniqlashda gaz analizatorlaridan
foydalanishni cheklab qo‘yadi.
134-rasmda konduktometriya prinsipida ishlaydigan gaz analizatorning
sxemasi keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz kapillyar naycha 1 orqali o‘tadi va
reaksiya boradigan idish 2 hamda chulg‘amli naycha 3 ga beriladi, u yerda
aniqlanadigan komponent o‘zgarmas tezlikda berib turiladigan elektrolit eritmasi
bilan absorbsiyalanadi. Shundan keyin elektrolit eritmasi bir juft elektrodlari 5
turgan o‘lchash yacheykasidan o‘tadi, gaz fazasi esa gaz analizatoridan naycha 6
orqali chiqariladi. Taqqoslash elektrodlari 7 naychada turadi, bu naycha orqali
elektrolitning yangi eritmasi beriladi.
195
134- rasm. Konduktometrik gaz analizatorining sxemasi