Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Teri gigiyenasi. 
Donishmand xalqimizning maqoliga ko'ra, teri 
sog'liq ulashuvchisidir. Uning funksiyalari normal o'tishi uchun 
teri doim toza bo'lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz 
p o ‘st tashlab. yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 
10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil b o ia d i. Agar odam 
muntazam ravishda yuvinib turmasa, terining ustki qavatidan ajral- 
gan p o'st chiqindilari ter va yog' bezlari suyuqligi bilan qo'shilib, 
teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi m oddalar bi­
lan qoplanib. ter va yog' bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar 
berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana 
harorati doimiyligini ta in in la sh buziladi. Bundan tashqari, teri kir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lanishida kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar yashashi va ko'pavishi 
uchun qulay sharoit yaratiladi. M a'lum ki. kirlangan teri qichiydi 
va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan 
mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek. terini qashigan 
vaqtda undagi mikroblar tirnoq tagiga kirib qoladi va qo'l sovunlab 
yuvilmasa. ovqat iste’mol qilganda ular hazm a ’zolariga kirib. osh- 
qozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Terini toza saqlash gigivenik nmdaniyatning asosiy ko'rinishla- 
ridan biri hisoblanadi, bolani yoshligidan qo'lini sovunlab yuvish- 
ga oi'gatish lozim.
QoTni ovqatlanishdan oldin. xojatxonadan chiqqanidan so'ng, 
albatta, sovunlab yuvish kerak. yuz. bo'yin sohalarni har kuni ikki 
marta - ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim; haftada 
1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim.
Teri kasalliklarini tarqatm aslik uchun har bir bolaning sochig'i, 
mochalka. tarog'i, ich kivimlari. paypog'i shaxsiy bo'lishiga e ’ti- 
bor berish kerak.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin