Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Gormonlarning aham iyati 
Gormonlar moddalar almashi- 
nuviga ta ’sir qiladi. hujayralar faoliyatini boshqaradi. hujayralar
www.ziyouz.com kutubxonasi


membranasi orqali moddalar almashinuvi mahsulotlarini o'tishi- 
ni ta'm inlaydi. Gormonlar nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat 
hazmiga, ta ’sir ko'rsatadi, ко “pay ish funksiyasi ham gormonlar 
ajralishi bilan b ogiangan.
Organizmning o'sishi va rivojlanishi, turli yosh davrlarining 
almashinishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog'liq. Gor­
monlar to'qim alarning o'sishi va tabaqalanishiga ta ’sir ko'rsatadi. 
Gipofizning oldingi qismini funksiyasini pasayishi natijasida or- 
ganizmdagi oqsillar sintezi keskin pasayadi va buning natijasida 
organizm o'sishdan to'xtaydi. Qolqonsimon bez gormonlarining 
yetishmasligi natijasida to'qim alarning tabaqalanishi buziladi.
Bunga ju d a yengil ishonch hosil qilish mumkin, agar itbaliqning 
qalqonsim on bezi olib tashlanganida, itbaliq o'sadi. Lekin uning 
metamorfozi yetilgan baqaga aylanishi yuz bermaydi. Jinsiy bez­
larning rivojlanishi to'xtatilganida, ikkilamchi jinsiy belgilam ing 
rivojlanishi kechikadi yoki zaif rivojlanadi, gipofizning gonadotrop 
gonnonlarining yetarlicha ishiab chiqilmasligi jinsiy bezlarning 
yetilishini va spetsifik jinsiy hujayralarning hosil bo'lishini buza- 
di. Qolqonsimon bezning yod saqlovchi gormonlari regeneratsiya 
jarayoniga stimullovchi ta ’sir ko'rsatadi. Ularning ta ’siri ostida teri 
va muskullarning jarohatlari va singan suvaklarning bitishi tezla- 
shadi.
Gormonlarning ta’sir mexanizmi. 
Gormonlarning ta ’sir me- 
xanizmi haligacha to 'liq aniqlanmagan. Gormonlar o 'z ta ’sirini or­
ganizm ga hujayra membranalaridan o'tishini o'zgartirish yo'li va 
hujayra yadrolaridagi genetik jarayonlarni stim ullash y o ii bilan 
ferment tizim larini faollashtirish yoki to 'xtatish vo 'li bilan ta ’sir 
ko'rsatadi deb hisoblaydilar.
Gormonlar fermentlarga qo'shilib ularningg buzilishini o'zgarti- 
radi va bu bilan fermentativ reaksiyalarning kechishiga ta ’sir qiladi 
degan taxm inlar ham bor. Lekin gormonlarning bunday mexanizm- 
lar ta ’siri ularning ayrimlari uchungina ko'rsatilgan.
M e’daosti bezining gonnoni insulinning hujayra m embranala­
ridan glukozaning o 'tish xususiyatiga ta ’siri ju d a yaxshi o'rganil-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan, y a ’ni insulin membranalarning o'tkazuvchanlik xususiyatini 
yaxshilaydi. Xuddi shunday xususiyatga jinsiy gormonlar va o'sish 
gormoni ham egadir. Lekin buyrakusti bezining po'stloq qismining 
gormonlari; gidrokortizon va kortikosteronlar hujayra membra- 
nalarining o ‘tkazish xususiyatini pasaytiradi.
Deyarli barcha gormonlar. hujayralam ing genetik apparati orqa­
li ta'sir koi'satish xususiyatiga ega (m e’da osti bezi. qalqonsimon 
bez, buyrakusti. jinsiy bezlar. gipofizning gormonlari) va nuklein 
kislotalar oqsillarni sintezlanishida ishtirok etadi.
M asalan, insulin glukozaning parchalanishini bajaruvchi fer- 
mentlarning sintezlanishida faol ishtirok etadi. Bu gormonning 
taqchilligi paytida glukozaning parchalanish jadalligi juda pasayib 
ketadi, bu esa, o 'z navbatida. qon tarkibida glukozaning miqdorini 
ortishiga olib keladi.
K o'pchilik steriodli gormonlar axborotchi RNKning sintezla- 
nishini tezlashtiradi va shu yo'l bilan oqsillar va ayrim oqsil-fer- 
mentlarning sintezlanishini faollashtiradi.
Ayrim gormonlar hujayra yadrosiga kirib xromatin (oqsil va 
DNK kompleksi) bilan bog' hosil qiladi. y a ’ni genetik material bi­
lan birikadi va irsiy axborotlarning navbatma navbat va to'liq na- 
moyon bo'lishini boshqaradi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin