Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

8. 7. M e’daosti bezi
M e’daosti bezi m e'daning orqasida, o 'n ikki barmoqli ichak bi­
lan bir qatorda joylashgan. Bu bez aralash funksiyaga ega bezlar- 
dan hisoblanadi. Endokrin funksiyalarni m e’daosti bezining orol- 
chalar shaklidagi hujayralari bajaradi. Ana shu sababli ham gormon 
insulin deb atalgan 
(lot.
insula - orolcha degan m a'noni anglatadi).
247
www.ziyouz.com kutubxonasi


Insulin, asosan, adrenalin gormoniga qarama-qarshi uglevodlar 
almashinuviga ta'sir ko'rsatadi. Agarda adrenalin jigarda mavjud 
bo'lgan uglevodlarni tezgina xarajat b o iish ig a im kon yaratsa. in­
sulin, aksincha. uglevodlar zaxirasini saqlab qolishga va yanada 
to'ldirishga imkon yaratadi.
Insulin ishlab chiqarilishini kam ayishiga olib keluvchi m e’daos- 
ti bezi kasallanganida organizmga tushayotgan uglevodlarning kat­
ta qismi unda ushlab qolinmaydi va siydik bilan chiqarib yuborila­
di. Bu esa qandli diabet kasalligiga olib keladi.
Diabetning xarakterli belgilaridan bo'lib - doimiv ravishda och 
qolish, chidab b o im ay d ig an chanqoqlik. katta miqdorda siydik 
ajralishi va tinimsiz oriqlab ketish hisoblanadi.
Bolalarda qandli diabet kasalligi 6 dan 12 yoshgacha b o'lgan 
davrda, ayniqsa. o ‘tkir infeksion kasalliklardan keyin (qizamiq, 
suvchechak. tepki) aniq bo'ladi. Kasallikning rivojlanishi ovqatlar­
ni ko 'p, ayniqsa. uglevodlarga boy bo'lgan ovqatlarni ko'plab ve- 
yishga sababchi bo'ladi.
Insulin o'zining kimyoviy tabiatiga k o 'ra oqsilli modda hi­
soblanadi. chunki kristallar shaklida ajratib olishga erishildi. Uning 
ta'siri ostida qand m olekulalaridan glikogenning sintezlanishi va 
glikogen zaxiralarini jigar hujayralarida o'tirishini ta'm in etadi. 
Shu bilan birga, insulin to'qim alarda oksidlanishini va shu y o i bi­
lan uning to 'lig 'ic h a o'zlashtirilishini ta'm inlaydi.
Adrenalinli va insulinli ta'siriarning o'zaro aloqasi tufayli qon- 
da qandning organizmning m o'tadil holati uchun zarur bo'lgan 
m a'lum darajadagi miqdori saqlab turiladi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin