Asab tizimining umumiy tuziiish rejasi. Asab tizimi funksio
nal holati va tuzilishiga qarab periferik va markaziy asab tizimlari-
ga farqlanadi. Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyalardan tash
kil topgan. Bosh miya, miya qutisi ichida joylashgan bo'lsa, orqa
miya esa umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan. Bosh va orqa mi-
yalar ko'ndalangiga kesilganda ancha qoramtir rang k o 'k moddasi
va ancha yorug' oqim tir rang - oq moddalari ko'rinib turadi. K o‘k
moddasi nerv hujayralarining tanalari bilan hosil b o ig a n bo Isa,
oq moddasi miyelin p o 'stlo g 'i bilan qoplangan nerv tolalarining
yig'ilishidan hosil bo'ladi.
Asab tizim ining periferik qismi bosh va orqa miyadan tashqariga
chiqib gavdaning turli a'zolariga yo'nalgan nerv tolalari bog'idan
iborat bo'ladi. Ularga nerv tugunlari yoki gangliyalar bosh va orqa
miyadan tashqaridagi nerv hujayralarining b o g la ri ham kiradi.
Asab tizimi yaxlit holatda faoliyat ko'rsatadigan neyronlar -
asab tizimining funksional va tuziiish birligi hisoblanadi. Neyron
- u murakkab tuzilishga ega yuqori darajada tabaqalashgan asab
hujayrasi b o iib , qo'zg 'alish n i qabul qiladi, qayta ishlab ularni
gavdaning turli a ’zolariga o'tkazadi. N eyronlar funksiyasining
murakkabligi uning tuziiish xususiyatlari bilan ta'm inlanadi. Unda
tana, bitta uzun kam tarmoqlanuvchi o'sim ta akson va bir necha
katta tarm oqlanuvchi o'sim talar - deadritlarga farqlanadi.
Akson o'zining bir necha santimetrdan 1-1,5 m gacha b o ig a n
uzunligi bilan ajralib turadi. Aksonning oxirgi uchi katta miqdorda
gi o'sim talarga shoxlanadi va qaysiki bitta akson yuzlab hujayralar
bilan bog'lanishi mumkin.
Dendritlar - kalta, kuchli shoxlanuvchi o'sim talardir. Bitta hu-
jayrada 1 dan 1000 tagacha dendritlar mavjud. Asab tizimining turli
qismlarida neyronlarning tanasi turli o lch am lard a b o ia d i (uning
diametri 4 dan 130 mk gacha) va shakli ham har xil (vulduzsimon,
doirasimon. ko'pburchakli) b o iish i mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi