11
ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarning markaziy va hududiy organlariga ular bilan
kelishilgan shartlar asosida o’rnatilgan tartibda ishlash uchun yuboradi;
n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi ob’yektlarda kapital ta’mirlash,
shuningdek, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida,
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga
qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, muhandislik-qurilish, o’rmonchilik va
meliorativ tadbirlarni bajarish sohasida:
Vazirlikning kapital qurilish va ta’mirlash ob’yektlari, shuningdek, ishlab
chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, turar joy fondi, yo’l-transport va
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari ob’yektlari bo’yicha buyurtmachi
funksiyasini bajaradi va loyihaviy qarorlarning samaradorligini ta’minlaydi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlar, turar joylar,
shuningdek,
yo’l-transport
va
muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmalari
ob’yektlarini qurish, kapital ta’mirlash, qayta qurish bo’yicha pudrat ishlarini amalga
oshiradi;
daryolar o’zanlarini tozalash va qirg’oqlarni mustahkamlash ishlarini
tashkillashtiradi va o’tkazadi, shuningdek, ushbu jarayonda o’zanlardan shag’al va
qumlar maqsadli qazib olinishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qurilish-montaj, pudrat va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan
kompleks tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradi;
cho’l, yarim cho’l, dasht va tog’li hududlarda o’simlik qoplamalarini tiklash va
mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish,
o’stirilgan o’simliklarning parvarishini ta’minlashda ishtirok etadi;
cho’l, yarim cho’l, dasht va tog’li hududlarni suv bilan ta’minlash bo’yicha
tadbirlarni o’tkazadi;
cho’l, yarim cho’l, dasht va tog’li hududlarda o’rmonlar tashkil etish hamda
harakatdagi qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
daryo o’zanlarini tozalash ishlarini olib borish davomida tadbirkorlik
sub’yektlari tomonidan shartnoma asosida qazib olingan qum va shag’al hajmining
hisobini yuritadi;
Vazirlik qonunchilikka muvofiq, boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Dostları ilə paylaş: