Gumanizm prinsipi- “Gumanizm” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “humanus” so‘zidan
kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb,
‘rkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan
qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik,
insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.
Gumanistik tarbiya g‘oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotel va b) fikrlarida
ham kuzatiladi.
3-mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyada “me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchasi. Me’yordan og‘ishish tiplari. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati. Reja: 1.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari.
2.
Oila bilan birga olib boradigan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
3.
Ijtimoiy-pedashgogik faoliyat har xil kasbga bog’liqlihi.
4.
Tarbiya va ijtimoiy tarbiyaning uyg’unligi.
Tayanch tushunchalar: Pedagogika, kategoriya, ijtimoiy tarbiya, ijtimoy ta’lim,
ijtimoy -pedagogik faoliyat mexanizmi, profilaktik faoliyat,oila, ijtimoiy pedagogik faoliyati
Ta’lim tizimi fanda tushuncha va kategoriyalarda o’z ifodasini topadi. Tushuncha- bu
ma’lum biri fodaning bir formasi bo’lib haqiqiy borliqni tushinib bilish jarayonida amalga
oshadi.Tushuncha ilmda birdaniga belgilanmaydi.
Har qanday ilmda rivojlanish jarayonida tushuncha ilm kategoriyalarda birlashadi,
mustahkamlanadi, o’zgaradi va keng manodagi fundamental tushuncha sifatida hozirgi davrda
fanda qo’llaniladi. Fanda tushinarli kategoriyali tizim undagi tushunchalarga kiruvchi o’zaro
bog’liqni va o’zaro ta’sir qiluvchilikni tasvirlash natijasida shakllanadi. Ijtimoiy pedagogikada
uchta kategoriya bor:
1.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
2.
Ijtimoiy ta’lim.