Organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160104
  1   2
Tuproq - Vikipediya



Tuproq
Tuproq
(qum) — 
litosfera
 yuza
qavatlarining 
suv

havo
va tirik
organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan
shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro
bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan
tabiiy 
tuzilma

Yer poʻstining
 yuza va
unumdor 
qatlami
. T.ning nuragan tog
jinslaridan farq qiladigan eng muhim
xususiyati — unumdorligidir (qarang
Tuproq unumdorligi
). T.ni oʻrganish va
uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash


hamda unumdorligini oshirish usullarini
ishlab chiqish singari masalalar bilan
tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T.
hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq
ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami,
hududning relyefi va geologik yoshi
hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Tuproqning yuqori qatlami
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari
yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod,
havo harorati, mexanik kuchlar, suv va
unda erigan moddalar, havo,


mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar
(yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi
(nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib,
gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam
vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam
sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan
bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega
boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi
mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati
tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun
sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz
hayoti uchun zarur oziq moddalarni
oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud
boʻlgan oʻsimlikning bir qismi
mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib,
mineral moddalarga, qolgan qismi esa
murakkab biokimyoviy jarayonlar


natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi.
Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz
davom etadigan nurash sharoitida sodir
boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon
moddalar hamda organik qoldiqlar
taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer
poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak
qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq
ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami,
hudud relyefi kabi omillarning T. hosil
boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha
boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda
oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas.,
tayga zonasida chimli podzol T.,
dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda
esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang
Tuproq zonasi
).


Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil
boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas.,
oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov
berish, uning meliorativ holatini
yaxshilash, organik oʻgʻit solish va
boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir
koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri
mutanosiblikda olib borilganda T. hosil
boʻlish jarayonini va xususiyatlarini
maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.


Tuproq profilidagi gorizontlar
T. qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik
tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina
emas, balki bir T. tipining har xil
qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq
qismini mineral moddalar tashkil qiladi.
Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T.
Tarkibi


massasining maʼlum qismini egallaydi,
qolgan qismini esa zarralar va ularning
agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik
hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar
(gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu
boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T.
gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar
va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli
T.ning mayda zarralari kapillyar
oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik
esa makrostruktura elementlari
oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng.
T.ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—
60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa
27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning
solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq.
Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil


qiluvchi, tarkibida erigan moddalar —
tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami
hamda T.ning gaz holatidagi qismini
tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T.
tarkibidagi suv va havo miqdorining
nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va
grunt suvlari hamda suvning sarflanishi,
yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib
ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari
orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq
holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar
tuproqning suv va havo rejimini
belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera
havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq
qiladi (tuproq hajmiga nisbatan %
hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot
miqdori deyarli teng.


T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo
miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik
boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga
chidamligiga bogʻliq.
T.ning solishtirma massasi maʼlum hajmli
T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan
xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga
boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T.
mineral qismlarining solishtirma massasi
mineralogik tarkib va undagi organik
moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80
g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi
buzilmagan T. zichligi deb tabiiy
holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm
hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning
gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha


zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik
darajasini belgilovchi tuproqning
kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy,
fizikmexanik va boshqa xususiyatlari
maʼlum darajada undagi singdiruvchi
kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq.
Tuproqning ana shu singdiruvchi
kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni
yaxshilash tadbirlari belgilanadi.
T.ning tirik tarkibiy qismi tuproq
mikroorganizmlari (qarang 
Mikroflora
),
umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina
guruhlari — eng sodda hayvonlar,
chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar
vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi


umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon,
kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.
Moddalarning tabiatda aylanishi hamda
qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi,
tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab
yuqoridan pastga tomon maʼlum
qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va
tuproq gorizontlarining navbat bilan
almashinishida namoyon boʻladi.
Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay
turib insonning hayot kechirish muhitini
tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T.
qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq
eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va
botqoqlanishiga olib keladi. T.ning
ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq


xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish
qoidalari joriy qilingan (yana qarang
Tuproq tasnifi

Tu proq

unumdorligi
).
Prasolov L. I., Pochvi Turkestana, L.,
1925; Bahodirov M., Rasulov A.,
Tuproqshunoslik, T., 1975; Genusov A.
3., Pochvi i zemelnie resursi Sredney
Azii, T., 1983; Pochvi Uzbekistana, T.,
1984; Konobeyeva G. M., Pochvoʻ
Uzbekistana, ix rayonirovaniye i
kachestvennaya otsenka, T., 1985;
Azimboyev S, Tuproq va uning turlari,
T., 1986.
Joʻraqul Sashpyurov.
Adabiyot



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin