“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-33, Issue-2, May-2023 117 bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta
ahamiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli
usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko‘ra
masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar
kiradi.Ma’lumki, matematika fani abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha
inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday
abstrakt tuzilishi, o’zini o’zi boyitib borishi, ya’ni yangidan yangi matematik
tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati
qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Xatto
matematik masalalarni yechish musobaqalari o’tmishda inson aqlini peshlash vositasi
bo’lgan. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, matematikafanining eng asosiy vazifasi
aynan o’quvchilarni o’ylashga, to’g’ri, mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga
o’rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik
o’quvchilarni o’ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli
tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali o’quvchilar to’g’ri fikr yuritish,
mantiqiy fikrlashni o’rganadilar. Maktabda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi
o‘quvchi yoshiga mos kundalik turmushda va mehnat faoliyatida qo‘llaniladigan,
kelajakda ta’lim olishni davom ettirishda zarur bo‘lgan matematik bilimlar va
ko‘nikmalarini ongli ravishda mustahkam egallashni ta’minlashdan iborat. Matematika
o‘qitish metodikasi fani bevosita falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika,
matematika fanlari, chizmachilik, mantiq, tarix va boshqa fanlarga asoslanadi.
Matematika fani nazariyasi va uni o’qitish bilan bog’liq muammolarni tadqiqot
qilishda matematika fani va uning o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga
olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchi uchun dars
jarayonidan tashqari vaqtlarda ham o’z ustida ishlashlari, bilimlarini kengaytirish va
chuqurlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi.