Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
3-Sinf

 
 
MMIBDO‘
: __________________ 


 
Sana:
25-mavzu:“Onajonlar,sizga ta`zim
!”
(8-mart-Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
 
I.Kirish: 
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`quvchilarga ota-onaga hurmat,ularga mehribon farzand bo`lish 
hislarini singdirish.O`quvchilarda ma`naviy qadriyatlarimizga,urf-odatlarimizga bo`lgan hurmatni,Ona-
Vatanga muhabbat hislarini tarbiylash. O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib
borish. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, 
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, 
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, 
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi 
Kun shiori:Ayollar-hamisha e’zozda 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. 
II.Asosiy qism: 
“Alla” qo`shig`i tinglanadi. 
Aqliy hujum: 
-Nega go`dak alla aytilsa,osuda uyquga ketadi? 
-Allada ne sinoat bor? 
-Siz ham buvijonlaringiz,onajonlaringiz allasini eshitib uxlaganmisiz? 
-Ularning allasini nima uchun yoqtirasiz?
 
Javoblar umumlashtirilish jarayonida mavzuga yana bir bor to`xtalib o`tiladi. 
-Alla o`ziga xos qudratga ega bo`lib,u 
orqali bildirilgan ulug` niyatlar,ezgu tilaklar 
go`dakning insofli,diyonatli bo`lib kamol 
topishiga hissa qo`shadi.Shunisi diqqatga 
sazovorki,buyuk 
Vatanimizda 
onalar 
va 
bolalarga 
e`tibor 
bosh 
o`ringa 
qo`yilgandir.O`zbekiston aslida onalar va 
bolalarni e`zozlagan jannatmakon yurtdir.Ana 
shu yurtning onalari tamom boshqacha.Ular 
o`zini emas,ko`proq farzandi baxtini,saodatini,kelajagini o`ylaydi.Hayotda farzand kamoli ular uchun 
asosiydir.Onalar 
farzandlari 
yuragiga 
yoshlikdan 
millat 
va 
vatanga 
muhabbat 
urug`ini 
sochadi.Ulg`aygach,ona yurtiga sadoqatli,jasur hamda matonatli,halollikni boshida ko`targuvchi diyonatli 
inson bo`lib kamol topishini istaydi. 
Zero,shoir aytganidek: 
Oilaga qut bergan, 
Bolaga oq sut bergan. 
Baxt bersa ham but bergan, 
O`zbegimning onasi. 
To`marislar zotidan, 
Barchinlar sabotidan, 
Zulfiya bayotidan, 
O`zbegimning onasi. 
Tinchlik yo`lin tanlagan, 
Belin mahkam bog`lagan. 
O`zligini anglagan, 
O`zbegimning onasi. 
Muborak hadislarda ham onalarga hurmatda bo`lish alohida ta`kidlanadi. 
-Bir kishi Rasulullohdan:”Men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi?”,deb so`rabdi.”Onangga”,debdilar 
Rasululloh.U kishi savolni uch marotaba qaytaribdi. 


 
Rasululloh. .”Onangga”,deyaveribdilar.To`rtinchi marotaba yana so`rabdi. Shunda
”Onangga va keyin otangga”,deb javob beribdilar janobi Rasululloh. 
Nima uchun payg`ambarimiz shunday javob beribdilar? Chunki hamma odamning o`z onasi oldidagi 
farzandlik qarzi hech qachon tugamaydi,poyoniga yetmaydi. 
Onamiz dunyodagi eng buyuk zotdir,onamiz quyoshimiz,oyimizdir,biz uchun eng mo`tabar bo`lgan aziz 
insondir. 
III.Yakuniy qism: 
-Onamiz allasida yostiqqa bosh qo`ygandek o`z partamizga bosh qo`yamiz,fikrimizni bir joyga 
jamlab,savolni diqqat bilan tinglaymiz. 
Men bir son o`yladim.O`ylagan sonni 2ga ko`paytirdim,natijaga 5 sonini qo`shdim,javob 25.Men o`ylagan 
son qaysi ekan? Javob:10soni o`ylangan ekan. 
-Ota-ona bilan munosabat deganda nimani tushunasiz? 
1.Doimo ota-onaga hurmatda bo`lish. 
2.Ular uchun dunyoning barcha boyligini ayamaslik. 
3.Ota-onaga ularning hurmatini bajo keltirishingizni also eslatmaslik. 
4.Ularga g`azab qilmaslik. 
5.Ota-onamiz birinchi chaqirganlaridayoq oldilariga kelish. 
6.Ota-ona bilan gaplashganda yuzini burishtirmaslik,jahl qilmaslik. 
7.Ota-onaning barcha istaklarini bajo keltirish. 
8. .Ota vaona bilan suhbatlashganda ovozni baland ko`tarmaslik. 
9.Ota-onaning ruxsatisiz sayohatga chiqmaslik 
10.Ota-onaga quvonch keltirishga intilish 
O`ylaymanki,o`rganib olgan o`gitlaringizni amalda qo`llay olasiz,muhimi,bu sira qiyin ish emas. 
-Onani rozi qilish deganda nimani tushunasiz? 
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin