«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
tahlili, rahbar
 
mehnatini tashkil etish, kadrlarni tanlash va baholash, boshqaruv tizilmasini 
aniqlash va boshqa muammolardir.


27 
 
2.5.«Ijtimoiy tizimlar» maktabi.
Mazkur maktab «Inson munosabatlari» maktabining xulosalaridan
 
foydalanadi. U insonni tashkilotdagi muhitga ta’sir eta oladigan turli xil 
ehtiyojlariga ega bo’lgan, ijtimoiy yo’naltirilgan mavjudot sifatida qaraydi. Bu 
vaqtda muhit ehtiyojlar shakllanishiga ta’sir qiladi. «Ijtimoiy tizimlarning» eng 
ko’zga ko’ringan vakillari D.March, Gida Ron, A.Ettsioni va boshqalar.
Har bir insonning ehtiyojlari «ijtimoiy tizimlar» maktabi tomonidan 
ehtiyojlar ierarxiyasi sifatida qaraladi: bir darajadagi ehtiyojni qondirib, individ 
keyingisiga o’tadi. Lekin tashkilot tabiati inson yo’liga ma’lum to’siqlar 
qo’yganligi uchun, u va tashkilot o’rtasidagi mojarodan qutilib bo’lmaydi. 
«Ijtimoiy tizimlar» maktabi o’z vazifasini mojarolar kuchini pasaytirishda ko’radi. 
Boshqaruvning mazkur maktabi diqqatni tashkilotni yanadari vay formalarini 
izlash, tizim qismlarini tahlil qilish, ularning aloqadorligi jarayoni, tashkilot 
maqsadlarini tizim qismlari bilan bog’liqligini yangi formalarini izlashga qaratadi. 
Maktab vakillarining fikricha tizimning asosiy qismlari rasmiy va norasmiy 
omillar, guruhlar, guruhli aloqalar, maqom turlari va guruxda ahamiyati va 
boshqalar xisoblanadi. Tizim qismlari aniqlangan tashkilot formalari bilan bog’liq 
bo’lib, ular rasmiy va norasmiy tuzulma, kommunikatsiya kanallari qilingan 
qarorlar jarayoni bilan bog’liq. Bu omillarga asosan korxona ijtimoiy texnik tizim 
sifatida qaraladi.
«Yangi» maktab.
Boshqaruv nazariyasidagi bu yo’nalish boshqaruv ilmiga 
aniq fanlar usullari va apparatini joriy etish bilan xarakterlanadi. Bu maktabning 
eng ko’zga ko’ringan vakillari R.Akoff, L.Bertalanfi, S.Vir, R.Kalman, L.Kleyn, 
R.Lyus, D.Forrester. «Yangi» maktabning shakllanishi kibernetika va 
operatsiyalarni tekshirishning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Operatsiyalarni 
tekshirish mustaqil fan sifatida shakllanib, ikki asosiy yo’nalishda rivojlanmoqda. 
Birinchisi, ishlab chiqarish menejmentida tez uchrab turadigan va zaxiralarni 
boshqarish, resurslarni taqsimlash, ommaviy xizmat ko’rsatish masalalari, eskirgan 
uskunalarni yangilash, noaniqlik sharoitlarida hulq-atvor strategiyasining 
tanlanishi, vaqt bo’yicha ishni tartibga solish bilan bog’liq hodisalarning 
matematik modellarini qurish bilan bog’liq.
Ikkinchisi, o’z e’tiborini tizimlarni o’rganishga qaratdi va «tizimtexnika»ning 
yaratilishiga olib keldi.
Keyinchalik 
«yangi» 
maktabda 
noilmiy fan-boshqaruv qarorlari nazariyasi shakllandi. Bu sohadagi tadqiqotlar 
quyidagilarni ishlab chiqishga qaratilgan: 

Jamoalarda qarorlarni ishlab chiqishga qaratilgan; 

O’yinlar nazariyasi va statistik echimlar nazariyasini qo’llash orqali eng 


28 
maqbul echimlarni ishlab chiqish algoritmlari; 

Iqtisodiy hodisalarning matematik modellari. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin