274
Ijtimoiy adolatlilik
– ijtimoiy sohadagi tenglik va notenglikni aniqlovchi
baholovchi tushuncha.
Ijtimoiy soha
– ijtimoiy o‗zaro munosabatlar makoni,
bunda insonlarning
hayotiy ta'minoti va ishlab chiqarishi amalga oshadi hamda ijtimoiy va shaxsiy
ehtiyojlar qondiriladi.
Ijtimoiy eksklyuziya
– jamiyatda qonun bilan
kafolatlnagan ijtimoiy
huquqlardan individ va ijtimoiy guruhlarning begonalashuv holati.
Ijtimoiy davlat
– yuqori darajada rivojlangan davlat turi bo‗lib, inson
faoliyatining ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini boshqarish,
unda ijtimoiy adolat va
birdamlikni belgilash bo‗yicha faoliyat vositasida barcha fuqarolarning yuqori
darajad ijtimoiy himoyalanganligi bilan xosdir.
Ijtimoiy harakat –
umumiy ahamiyatga ega shaxsning axloqi, maqsadlari,
insoniy harakatlari.
Ijtimoiy o‘zgarish –
u yoki bu ijtimoiy tizim holati o‗rtasidagi tafovutlar
(P.Shtompka).
Ijtimoiy tengsizlik
– ijtimoiy ahamiyatli boyliklardan
fuqarolarning bir
xilda foydalana olmasligi, ularning ehtiyojlari, ahamiyati va ularni amalga oshirish
shakllari turli xilligida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: