243
Oila qurgunga qalar mavjud bo‗ladigan ob'ektiv sabablar guruhi xatar
omillari deb nomlanib, ular nikohgacha tanishuv vaqtida ma'lum bo‗lib, kelgusida
ajrashish xavfini keltirib chiqaradi.
Xatar omillari inson shaxsi, uning tarbiyasi va nikoh sharoitlari bilan
bog‗liqdir. Xatar omillariga quyidagilar kiradi:
•
Er-xotin o‗rtasidagi ta'limdagi va yoshdagi katta tafovut (ayniqsa agar
ayol ancha katta bo‗lsa).
•
Er-xotindan birining ichkilikka moyilligi;
•
Nikohga, umuman oilaga yengil qarash;
•
Nikohga juda kech yoshda kirishish;
•
Tez farzand ko‗rish ehtimoli;
•
Juda kam muddat tanishganlik;
•
Nikoh tuzishga ota-onalarning qarshiligi;
•
O‗zaro roziliksiz, majburiy nikoh.
Bu omillar birgalikdagi hayotning dastlabki yillarida ko‗rinib, barcha
ajrimlarning uchdan bir qismi birgalikda bir yildan uch yilgacha yashagan oilalarda
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: