262
hisoblanadi
18
. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo‘lib alohida tovarlar bozorlari,
resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa
makroiqtisodiyotda milliy
iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o‘zaro
munosabatlari va o‘zaro ta’sirini tahlil qilinadi. Mikroiqtisodiyotda “belgilangan”
deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan
ko‘pgina ko‘rsatkichlar, jumladan iste’molchilarning
daromadlari, jamg‘armalari,
foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq
qiladi.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning
to‘liq bandliligini, inflatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini
ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va
uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi
19
.
Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro
bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
1)
milliy iqtisodiyot;
2)
davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
3)
jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar
iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi.
1.1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida ko‘riladigan
masalalar ro‘yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot
fanlari predmetlarini
yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo‘lgan bu ikki fanning
iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi xulosalari bir birini to‘ldirib turadi.
Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari
hisoblanidilar.
Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‘sishini
ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb
hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz.
Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini
belgilovchi
omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash
maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud bo‘lgan vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi.
18
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 13
19
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 15