O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə393/410
tarix24.10.2023
ölçüsü5 Mb.
#160596
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   410
MIKRO MAKRO

savdo sharoiti 
ham deb 
yuritiladi. 
Nominal va real valuta kurslari o‘rtasidagi nisbat quyidagi ko‘rinishga ega

 
Bu yerda : Er – real valuta kursi; En - nominal valuta kursi ; 
Pd – milliy valutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 
Pt – xorijiy valutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan 
berilgan. Real valuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari 
raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik beradi.
Pul nafaqat muomala yoki to‘lov vositasi, balki jamg‘arish vositasi ham 
hisoblanadi. Iflyasiya sharoitida jamg‘arish vositasi sifatida milliy valutadan emas, 
balki xorijiy valutadan foydalaniladi. 
Valuta bozori, depozitlar (qo‘yilmalar) va qimmatbaho qog‘ozlar bozori bilan 
bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, 
foiz me’yorlari baholar o‘sishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch 
hosil qilishsa, jamg‘arma bozori valuta bozoriga asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. 
86
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 150 


430 
Ko‘pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum bo‘lganki, depozitlar 
va qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar o‘sishi bilan, valuta bozorlariga 
iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan ta’sir o‘z-o‘zidan kamayadi. 
Sarmoyachilar qanday qilib bo‘lsa ham o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan 
resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o‘z resurslaridan, balki xorij 
aktivlaridan ham foydalanish yo‘llarini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining 
asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi. 
Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valuta kursining oshishiga olib 
keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga o‘z 
sarmoyalarini qo‘yishni xohlovchilar uchun ularning valutalari foiz stavkalaridan 
keladigan foydadan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi. 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin