126
@edurtm_uz
YAKUNLOVCHI DARS
MUNOSIB HAYOT – ORZUDAN MAQSAD SARI
TARIX SAHNIDA...
Sohibqiron Temurning tulporidek shamollar,
Bobur Mirzoning
olis diydoridek shamollar,
Siz – Navoiy hazratga kitob varaqlab bergan,
Toabad ilhom bo‘lgan dildoridek shamollar,
Bir Vatanga jam bo‘ling, barhayot shon bo‘lgaymiz,
Tarix sahnida Yangi O‘zbekiston bo‘lgaymiz!
Barchinoy Alpomish deb kashtaga chekkan gullar,
To‘maris o‘z o‘g‘lining qabriga ekkan gullar,
Siz – Bibixonim
uchun muhabbat izhor qilib,
Kumushbibidek joni titrab entikkan gullar,
Bir Vatanga jam bo‘ling, yorug‘ bo‘ston bo‘lgaymiz,
Tarix sahnida Yangi O‘zbekiston bo‘lgaymiz!
Oqshom ma’sum tushiga Buxoriy kirgan bolam,
Nasafiylar nafasin ilg‘ab ulgurgan bolam,
Siz – teran ildizlardan quvvat olgan kurtaksiz,
Bobo Mashrab har sahar uyg‘otib
turgan bolam,
Bir Vatanga jam bo‘ling, jo‘sh urgan qon bo‘lgaymiz,
Tarix sahnida Yangi O‘zbekiston bo‘lgaymiz!
Bu asal tomgan bog‘lar necha qayta ko‘kargan,
Urushlar eggan qaddin Vatan deya ko‘targan,
Siz – xazon bo‘lgan onlar, sinov-u imtihonlar
Qoshida ham sinmagan, bardoshlari ko‘paygan,
Bir Vatanga jam bo‘ling, bir tan-u jon bo‘lgaymiz,
Tarix sahnida Yangi O‘zbekiston bo‘lgaymiz!
Ulug‘bek yulduzidan nur quyilgan tonglarim,
Cho‘lpon ko‘ksidan kelgan yuz yillik ohanglarim,
Siz –
otam aytgan hikmat, siz – onamning duosi,
Yurtdan ayro bo‘lmasin shu muborak onlarim,
Bir Vatanga jam bo‘ling, munavvar tong bo‘lgaymiz,
Tarix sahnida Yangi O‘zbekiston bo‘lgaymiz!
Nosirjon Jo‘rayev,
shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
127
@edurtm_uz
O‘quv nashri
Sh. Sattorov, D. Ro‘ziyeva, Z. Islomov, N. Ismatova, S. Akkulova, S.
Shermuxamedova,
Z. Zamonov, O. Maxmudov, D. Rahimjonov, N. Xolmuxamedova,
S. Madaliyeva, L. Mo‘minova, S.
Zokirova
Dostları ilə paylaş: