A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189
АУдит дарслик

899
 
M
AXSUS SOHALAR
 
AXS 800, «Maxsus masalalar – maxsus maqsadli asoslarga muvofiq 
tayyorlangan moliyaviy hisobotlar auditi»


66 
AXS 805, «Maxsus masalalar – ayrim moliyaviy hisobotlar hamda 
moliyaviy hisobotdagi maxsus elementlar, schyotlar yoki moddalar auditi»
AXS 810, «Qisqartirilgan moliyaviy hisobotlar bo’yicha hisobot (xulosa) 
taqdim etish kelishuvlari»
Nazorat uchun savollar: 
1.
Auditning professional standartlari to’g’risida nima bilasiz?
2.
Audit standartlari orasida o`xshashlik to’g’risida nima bilasiz?
3.
Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar qanday 
tariflaysiz?
4.
Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoniga qanday maqsad va 
vazifalar qo’yilgan?
5.
Auditorlik standartlari tarkibi to’g’risida nima bilasiz? 
6.
Sifat nazoratining xalqaro standartlari to’g’risida nima bilasiz? 


67 
4-BOB. AUDITORNING KASB ETIKASI 
4.1. Etika haqida tushuncha 
Etika tushunchasi insonlarning shaxsiy va kasbga oid odob-ahloqlarini 
tartibga soluvchi normalar yig’indisi bilan bog’liqdir. Qoida tariqasida, ushbu 
normalar muayyan bir jamiyat uchun turli kategoriyadagi fuqarolarni, jamoalarni 
va guruhlarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqiladi.
Etika
(grek tilidan olingan bulib, “urf odat, rasm rusum”) - odob va ahloq 
qoidalarini falsafiy jihatdan o’rganadi. 
Moral
- ya’ni, odob-ahloq (lotin tilidan olingan bulib
moralitas 
– umum 
tan olingan an’analar, kishi bilmas qoidalar manosini anglatadi) - jamiyatda yaxshi 
va yomon, to’g’ri va noto’g’ri, yaxshilik hamda yomonlik haqidagi qarashlar, 
shuningdek ushbu qarashlardan kelib chiquvchi yurish turish qoidalari 
yig’indisidir. Etika, o’z navbatida, odob axloq haqidagi ilmni aks ettiradi. 
Odoblilik
- bu shaxsning ichki holati, tuzilishi bo’lib, u o’zining mustaqil 
hoxish irodasi va o’z vijdonidan kelib chiqib harakat qilishini bildiradi. Aksariyat 
hollarda odoblilik moral so’zining sinonimi sifatida qaraladi.
Insonning qadr qimmatli yo’nalishlarini o’rganish nafaqat bilishga oid 
ma’no mazmunga ega, balki ulkan amaliy malakaga ham ega bo’lishga ko’mak 
beradi. 
Qadriyatlar - bu: 

Ijtimoiy aloqalarning maqbul holatidir; 

Voqea va hodisalarni baholash mezonidir; 

Maqsadga yo’naltirilgan faoliyat mazmunidir; 

Jamoaviy o’zaro faoliyatning tartibga soluvchisidir. 
Shu asnoda, mazkur qadriyatlar insonlarga xos bo’lgani kabi jamiyatga ham 
yuzaga keluvchi vaziyatlar haqida fikr yuritish, ob’ektiv holatlarni bir butunligini 
tan olish va baholash, keyinchalik esa, inson yurish turishini tartibga solish 
maqsadida ushbu holatlar yuzasidan maqbul echimni topishga imkon beradi. 


68 
Kasbga oid odoblilik
- bu ma’lum bir kasb faoliyatida qo’llaniladigan 
umuminsoniy odob ahloq printsiplar xisoblanadi. 
Umuminsoniy qadriyatlar, qoida tariqasida, muayyan bir jamiyatga 
tegishlidir hamda oilada vujudga kelgan urf odat va an’analar, maktabdagi tartib va 
qoidalar, ijtimoiylashuv jarayon ta’siri natijasida insonda shakllana boshlaydi. 
Kasbga oid odoblilikning mavjudligi inson mehnat faoliyatining o’ziga chos 
xususiyatlari bilan bog’liqdir ( mehnatning xususiyatlari va mezonlari, korporativ 
yo’nalish va hokazo). 
U yoki bu sohaning mutaxassislari tashkilotlarda bir xil vazifadagi 
majburiyatlarni amalga oshiradilar. Ushbu faoliyat natijasida ular tomonidan 
ma’lum bir odob ahloq qoidalari ishlab chiqiladi. Mazkur qoidalar kasbiy 
vazifalarni hal etishda foydali yordam bera oladi, ularning bilimi esa 
mutaxassislarning shaxsiy jihatlarini takomillashtirishga imkon yaratadi. 
Kasbiy qadriyatlar - kasbiy tahlim va amaliy faoliyat bilan yuzaga keladi 
hamda umuminsoniy, milli, va shaxsiy qadriyatlar kabi tashkilotlar va guruhlarning 
qadriyatlarini aks ettiradi. 
Ular kasbiy uyushmaning eng muhim ehtiyojlaridan biri bo’lmish kasbiy 
vazifalarni hal qilishda konsolidatsiyaga bo’lgan ehtiyojni qoniqtiradilar. Ushbu 
ehtiyojni qondirishda ideallik o’ziga xos o’rini egallaydi. 
Ideal 
— bu faoliyatning eng yuqori cho’qqisini aks ettiruvchi, asosiy 
baholash mezonining namunasi hisoblanadi. 
Kasbiy faoliyatda quyidagilar ajratib ko’rsatiladi: 

Kasbiy xarakteristika oldidagi etik majburiyatning mavjudligi. Masalan, 
kasbiy manfaatlarni himoya qilish, uning bir butunligi va obro’sini asrash, etika 
qoidalarini bajarish, o’z kasbiga bo’lgan muxabbat, har bir qilayotgan ishiga 
vijdonan yondoshish, kasbiy vazifalarni bajarish jarayonida ijodkorlikni namoyon 
qilish, simvollik, kasbiy tartib taomillar. 
Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan etik normalar, mutaxassisning o’z shaxsiy 
xislatlarini namoyon qilishi hamda o’z o’zini kamolotga etkazishi, kasbiy 


69 
faoliyatda yuqori malakaga erishish. 
Ma’lum bir faoliyat doirasidagi madaniyatning yuqori darajada 
rivojlanganligi kasbiy mahorat bo’lib hisoblanadi.
Muayyan bir sohada kasbiy qadriyatlar va qimmatliklarning mavjudligi 
hamda amalda ishlab turishi uning ishchilari uchun uning majburiyatlari bilan 
bog’liq ko’pgina kasbiy holatlarni anglab etishga va ularni amaldagi qadriyatlar 
tizimi bilan o’zaro munosabatini aniqlashga imkon beradi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin