47
Hisoblar natijasida aniqlanadigan bir ishchi xizmat ko’rsatish mumkin bo’lgan
mashinalar soni albatta butun son bo’lishi kerak, hisobdagi kasr sonlar yaxlitlanadi.
Ko’pstanokli mehnatni tashkil qilish quyidagi shartlarga rioya qilingan
holdagina maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Ish o’rinlarida texnologik jarayonni yoki texnologik operatsiyasini
tugallanganligini qayd qiladigan moslamalar bilan jihozlanishi yoki jihozlarni
avtomatik ravishda to’xtatishni ta’minlanishi. Masalan, tikuvchilik korxonalarida
kiyim detallariga ishlov beradigan presslarni operatsiya tugagandan keyin avtomatik
ravishda to’xtashi ta’minlangandir.
2. Ko’pstanokchilarning mashinalarida mustaqil mashina vaqti bilan xizmat
ko’rsatish vaqti aniq nisbatda bo’lishi kerak yoki mustaqil mashina vaqti
mashinalarga xizmat ko’rsatish vaqtidan katta bo’lishi shart.
Dostları ilə paylaş: