Davlatiy moliya


Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. 
Valyuta kursiga ta’sir etuvchi 
fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Xususan: 
1. Iqtisodiy omillar
. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar(YaIM, Sanoatning o’sishi, 
ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, inflyatsiya, foiz stavkalar va 
h.k.)ning o’zgarishi (1-jadvalga qarang), mamlakatlar markaziy banklari 
boshliqlarining chiqishlari va yig’ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, 
moliya bozorining valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o’zgarishlarni qayd 
etib o’tish mumkin.
2. Siyosiy omillar
. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida prezident, davlat 
va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va uning natijalari, ularning iste’foga 
chiqishi, shuningdek, markaziy banklar yoki pul-kredit siyosati bilan 
shug’ullanuvchi davlat organlari rahbar kadrlar almashinuvi, geosiyosiy 
to’qnashuv va inqirozlarni ko’rsatish mumkin.
3. Turli xabarlar va kutishlar
. Global valyuta bozorida investorlarni 
harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli xabarlar, mish-mish gaplar, 
ovozalar asosida valyutalarni sotib ol va fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda 
ularni sot”. Global valyuta bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, 
shuningdek boshqa psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini 
faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin.
4. Fors-major holatlari.
Favqulotda sodir bo’lgan hodisalar, masalan, suv 
toshqini, zilzila, yirik ko’lamli yong’in, turli zararli epidemiyalarni, gaz va boshqa 
zarralarni ommaviy tarqalishi, kuchli to’fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida 
turli darajadagi vayronagarchilikni yuzaga kelishi. Shuningdek, mamlakatda 


548 
terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham valyuta kurslari 
o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Valyutalarning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu uning konvertatsiyasi, 
ya’ni ayirbolanish qobiliyati hisoblanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin