Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

5. Investitsion banklar 
Investitsion banklar – bu shunday firmalarki, ular-ning asosiy vazifasi 
xususiy korxonalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini 
moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam berishdan iborat. 
Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijozlarining qimmatli qog‘ozlari 
chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto firmalar 
qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga ta’sir 
ko‘rsatadilar. 
Investitsion banklar ko‘pincha 
anderrayting
, yoki o‘zlari bozorda 
joylashtiradigan 
qimmatli qog‘ozlarga obuna
bilan shug‘ullanadilar. 
Anderrayting mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki 
investitsion bank emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli 
joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi 
investor tomonidan sotib olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli 
qog‘ozlarni emitentdan oldindan belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda 
sotib oladi. 
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari 
vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933-yilda qabul qilingan Glass-
Stigalqonuniga muvofiq tijorat banklariga anderraytingga taalluqli bo‘lgan 
ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi yillarda 
AQShning bu banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.
6. Venchur
korxonalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni 
boshqaruvchi firmalar 
Venchur korxonalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) 
investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik 
korxonalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firmalardir. Bunday yosh 
korxonalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy 
yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. 
Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” yangi biznesga pul tikadi va boshqaruv xodimlariga 
firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha 
qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga 
yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, 


199 
kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur korxonasi bilan shug‘ullanishni 
boshlaydi.
 
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, 
investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) 
boshqaruvchi korxona
deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda 
o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, 
firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil 
firma bo‘lishi yoki boshqa korxona tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, 
masalan, trast korxonasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik 
firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin