Davlatiy moliya


-MAVZU: PULNING DAVRIY QIYMATI



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

13-MAVZU: PULNING DAVRIY QIYMATI
VA PUL 
OQIMLARINING DISKONTLI TAHLILI 
REJA: 
1.
 
Murakkab foizlar va ularni hisoblash. 
2.
 
Pullarning keltirilgan qiymati va diskontlash. 
Moliyaviy qaror qabul qilayotganda muayyan vaqt davomida taqsimlangan 
xarajatlar va daromadlarni inobatga olish kerak. Firmalar va uy xo’jaliklarida 
moliyaviy qarorlar qabul qiladigan kishilar bugun tikilayotgan pullarni ertangi 
kunda ko’riladigan foyda qanchalik oqlashi to’g’risida o’ylab ko’rishlari kerak. 
Buning uchun 
vaqt oralig’ida pul qiymati
(
time value of money, TVM
) va 
pul 
oqimlarini diskontlash
(
discounted cash flow, DCF
) konseptsiyalarini to’g’ri 
tushunish talab etiladi.


223 
Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati) (TVM)
konseptsiyasini quyidagicha tushuntirish mumkin: pul (dollar, yevro, iena, rubl 
yoki so’m) bugun Siz kelajakda olishni kutayotgan xuddi shunday summadan 
qimmat. Bu fikr to’g’riligiga kamida uchta sabab bor. 
Birinchi sabab: 
Siz bu 
pullarni biron nimaga investitsiya qilishingiz, foyda olishingiz mumkin va 
natijada pulingiz ko’payadi. 
Ikkinchi sabab: 
vaqt o’tishi bilan inflyatsiya tufayli 
pullarning xarid qilishga qodirligi tushib ketishi mumkin. 
Uchinchi sabab: 
kelajakda pul olish muqarrarligiga doim ham to’liq ishonib bo’lmaydi. 
1.
 
Murakkab foizlar va ularni hisoblash 
Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati)ni va diskontlangan pul 
oqimlari tahlilini o’rganishni murakkab foizlar tushunchasidan boshlaymiz. 
Murakkab foizlarni hisoblab chiqarish yordamida pullarning keltirilgan, yoki 
boshqacha qilib aytganda, joriy qiymatdan (present value) (PV) bo’lajak qiymatga 
(future value) (FV) o’tish jarayoni sodir etiladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin