-
8
-
hukmiga havola etgan.
Bolaning jismoniy holati, sog‘ligiga
qarab uning keyingi taqdiri belgilangan.
Ko‘pgina manbalarda keltirilishicha, nosog‘lom bolalarni
qoyadan tashlab halok etishgan. Yetti yoshgacha bolaning
jismoniy tarbiyasi bilan oilada shug‘ullanishgan,
keyin
«agella»
deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga
yetguncha tarbiyalanar edi. Ular
«pedonom»
rahbarligida
jismoniy sog‘lom bo‘lish uchun turli mashqlar bilan
chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga,
og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatilar edi. Ta’limning
asosiy
qismini harbiy gimnastika mashqlari egallagan.
Jismoniy tarbiya tizimidagi asosiy mashg‘ulotlar sifatida
ov, turli marosim raqslari, shuningdek, yugurish, sakrash, disk
va nayza uloqtirish, kurash bo‘yicha ko‘plab musobaqalar
tashkil etilardi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim
Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib,
shunday deydi: «O‘qish va yozishga kelganda bolalarga faqat
ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa
bitta maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni
va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi». Shuni
ta’kidlash lozimki, Spartada
qiz bolalarning jismoniy
chiniqishi va rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Plutarx “qiz bolalar ham yigitlar kabi yugurish, kurash, disk
va nayza uloqtirish mashqlarida ishtirok etardilar. Bu nafaqat
o‘zlarini balki tug‘ilajak farzandlarining ham sog‘lom va
kuchli bo‘lishini ta’minlardi. Bu mashqlar bilan chiniqqan
qizlarning ko‘z yorishlari ham oson kechardi”, deb yozadi.