1 A. X. O‘roqov


 Yo‘l xizmati bino va inshootlarini, yo‘l jihozlarini saqlash



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

3.3. Yo‘l xizmati bino va inshootlarini, yo‘l jihozlarini saqlash 
texnologiyalari
Yo‘l to‘siqlarini saqlash ishlari tarkibiga to‘siqlar va ogohlantiruvchi 
ustunchalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish, buzilgan qismlarni almashtirish va kichik 
ta’mirlash, mahkamlangan qismlarni tekshirish, chang va loydan tozalash, yuvish 
va zarur hollarda bo‘yash ishlari kiradi. Yo‘l belgilarini saqlash ishlari, belgilar va 
ustunlarni tizimli ravishda chang va loydan tozalash, belgilarning orqa tomoni va 
ustunlar yuzasini bo‘yash, ularni to‘girlash, almashtirish, boltlarni qotirish, 
belgilarni yoritib turadiga yorug’lik manbalarini almshtirish kabi ishlardan tashkil 
topadi. Avtopavilionlar toza saqlanishi, yuvilishi, bo‘yoqlari yangilanishi, mayda 
buzilishlar ta’mirlanishi va yaroqsiz detallar almashtirilishi zarur. Yo‘l binolari va 
yordamchi inshootlar ularning holatini baholash va kamchiliklarni bartaraf etish 
chora tadbirlar belgilash maqsadida muntazam ravishda (yilda ikki marta bahor va 
kuzda ko‘rikdan o‘tkazilishi maqsadga muvofiq) ko‘rikdan o‘tkazilishi zarur. 
Yo‘lga tegishli bino va inshootlarni saqlash ishlariga quyidagilar kiradi: tomdagi 
kata bo‘lmaga nuqsonlarni ta’mirlash, zinalar va ularning panjaralarini 
mustahkamlash, eshik va derazalarni sovuq o‘tkazmaydigan qilish, markaziy isitish 
tizimi, ichimlik suvi tarmog’i va kanalizastiyadagi kichik nuqsonlarni ta’mirlash, 
gaz sizib chiqishini oldini olish, gaz plitalari kranlari va yoqib-ochirgichlarini 
almashtirish, o‘tkazgich quvurlarni bo‘yash, elektr o‘tkazgichlaridagi nuqsonlarni 
tuzatish, axlat quvurlarini tozalash axlatni yig’uvchi konteynerlar berkitiladigan 
joylarini ta’mirlash, hovlidagi quduq va o‘ralarni tozalash, bog’ atrofidagi 


64 
hududlarni, aosiy yo‘ldan binolarga olib boradiga yo‘laklarni, piyodalar 
yo‘laklarini muntazam ravishda tozalash. Binolar, yordamchi inshootlar va 
devorlarni davriy ravishda oqlab va bo‘yab turiladi. 

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin