1 A. X. O‘roqov


 Yo‘l hisob varaqalarini tuzish



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

8.2. Yo‘l hisob varaqalarini tuzish 
Yo‘l hisob varaqalarini tuzish uchun quyidagi ishlar o‘tkaziladi, ya’ni 
avtomobil yo‘llari va ulardagi inshootlar mavjudligi yig’ma qaydnomasidan 
tashqari, piketlash kitobchasi, burchak o‘lchash va nivelirlash jurnallari 
belgilangan namunada to‘ldiriladi.
Bajarilgan dala-o‘lchash ishlari asosida yo‘lning quyidagi ko‘rsatkichlari, 
o‘lchamlari va tavsiflari bo‘yicha axborotlar olinib, yo‘lning hisob vraqasiga 
kiriiladi:
- yo‘l to‘g’risida umumiy ma’lumotlar (yo‘lning texnik toifasi, raqami va 
nomlanishi; yo‘lning umumiy uzunligi, shu bilan birga shaharlarga kirishda 
joylashgan yo‘l bo‘laklari va shaxobchalari; harakat jadalligi va tarkibi; avtomobil 
yo‘li bo‘ylab vaziyat rejasi; yo‘l o‘tgan tuman topografik sharoiti; yo‘lga xizmat 
ko‘rsatuvchi yo‘l tashkiloti; yo‘lning iqtisodiy va ma’muriy ahamiyati; yo‘l kesib 
o‘tadigan aholi yashash joylari mavjudligi; yo‘ldan ulargacha bo‘lgan masofani 
ko‘rsatish bilan (20 km gacha) yo‘ldan biror tarafda joylashgan yirik aholi yashash 
joyining mavjudligi; harakat jadalligini avtomatik hisobga olish joyi; tarozi 
nazorati joyi; yo‘l mintaqasidagi muhandislik kommunikastiyalari);


364 
- geometrik o‘lchamlar va tavsiflar (yo‘l uchun ajratilgan tasma kengligi; 
reja va bo‘ylama kesimning tavsiflari, shu bilan birga rejada va kesimdagi egrilar 
radiusi, belgilangan yo‘l toifasi uchun ShNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari” 
talablariga javob bermaydigan rejada va kesimdagi egrilar radiusi, bo‘ylama 
qiyaliklar, virajlar mavjudligi; rejada va kesimda yo‘l ustki yuzasining kurinish 
masofasini aniqlash; yo‘l poyi kengligi; qatnov qismining va mustahkamlangan 
tasmaning kengligi; tik ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasma kengligi, kichik radiusli 
egrilarda qatnov qismini kengaytirish; yo‘l cheti kengligi, shu bilan birga 
mustahkamlangan qismi kengligi; trotuarlar va piyodalar yo‘lakchalari kengligi); 
- yo‘l tushamasi va qoplamasi tavsifi (yo‘l tushamasi va qoplamasi 
tuzilmasi; yo‘l poyi tuprog’i turi; qoplama bo‘ylama ravonligi). 
- sun’iy inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, tunnellar, 
galereyalar, quvurlar, tirgak devorlar joylashishi; sun’iy inshootlar qurilgan yili; 
ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar yuk ko‘tarishi; oraliq qurilmalar to‘g’risida 
ma’lumotlar; tayanchlar to‘g’risida ma’lumotlar; suvni izga soluvchi inshootlar 
to‘g’risida ma’lumotlar; ko‘prikka, yo‘l o‘tkazgichga tutashmalar to‘g’risida 
ma’lumotlar; quvurlarning materiali, turi, o‘lchamlari, holati va mavjudligi); 
- muhandislik jihozlari va jihozlanishi (kilometr belgilari; yo‘l belgilari, 
ularning joylashishi, holati va joylashtirish qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi; 
to‘siqlar, ularning tuzilmalari, joylashish o‘rni, uzunligi, holati, o‘rnatish qoidalari 
va me’yorlariga muvofiqligi; aholi yashash joylaridan o‘tgan yo‘l bo‘laklarini va 
har xil satxdagi transport bo‘g’inlarini yoritish; avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar 
bilan kesishish, tutashish, ularning turi, joylashishi; avtobus bekatlari va 
pavilonlar, dam olish maydonchalari, avtomobillar to‘xtash va to‘xtab turish uchun 
maydonchalari, ularning asosiy o‘lchamlari; qatnov qismining qo‘shimcha 
tasmalari, o‘tish-tezlashish tasmalari, ularning asosiy o‘lchamlari);
- saqlash murakkabligi yuqori bo‘lgan yo‘l bo‘laklari ( o‘pirilish mavjud yo‘l 
bo‘laklari uzunligi, sho‘rlangan yo‘l bo‘laklari uzunligi, qum bosadigan yo‘l 
bo‘laklari uzunligi, do‘ppayib qolgan yo‘l bo‘laklari uzunligi); 


365 
- himoya qurilmalari (shovqindan himoyalovchi va manzarali daraxtlar va 
daraxt tasmalari, shovqindan himoyalovchi qurilmalar, qor ko‘chkilaridan, 
surilishlardan, o‘pirilishlardan, sellardan va shunga o‘xshashlardan yo‘llarni 
himoyalash uchun qurilmalar); 
- harakatga xizmat ko‘rsatish va yo‘l servisi ob’ektlari (avtomobillarga 
yoqilg’i quyish shaxobchalari, texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari; motellar, 
kempinglar, mexmonxonalar, ovqatlanish shaxobchalari, tibbiy yordam ko‘rsatish 
bo‘limlari, YPX maskanlari, avtoshoxbekatlar, pochta, telegraf, telefon; yuqorida 
ko‘rsatilgan ob’ektlarga kirish va chiqish yo‘llarining mavjudligi; yo‘l xizmati bino 
va inshootlari, sirpanchiqqa qarshi materiallar bazalari, qum bazalari, yilning har 
xil mavsumlarida yo‘llardan foydalanish uchun yo‘l mashinalari joylashish o‘rni).
Avtomobil yo‘lining boshi va oxiri loyiha ishchi xujjatlari bo‘yicha 
aniqlanadi va yo‘l korxonalarida joyiga chiqib aniqlashtiriladi. 
Kilometr ko‘rsatkichlarini belgilash tartibi kilometr ko‘rsatkichlarini 
belgilashning amaldagi yagona tartibiga muvofiq aniqlanadi. Avtomobil yo‘li 
uzunligini o‘lchash po‘lat o‘lchov tasmasi bilan qatnov qismi o‘qi bo‘yicha texnik 
qidiruvlarda qabul qilingan aniqlikda amalga oshiriladi. Harakat jadalligi yuqori 
bo‘lgan avtomobil yo‘llari uzunligini o‘lchov tasmasi bilan yoki maxsus 
“shagomer” qurilmasi bilan yo‘l qatnov qismi chap qirg’og’ida, tuproqli yo‘llarda 
esa – avtomobil spidometri bilan o‘lchash mumkin.
Avtomobil yo‘li elementlari hisoblanadigan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, 
ayvonlar va boshqa inshootlar va binolar joylashish o‘rni, inshoot ko‘ndalang o‘qi 
bilan yo‘l o‘qi kesishadigan nuqtadan aniqlanadi. Yo‘l o‘qida joylashgan yo‘l 
o‘tkazgichlar, xuddi shunday yo‘l ostida joylashgan suv o‘tkazuvchi quvurlar 
joylashish o‘rni, yo‘l o‘tkazgichning (quvurlarning) bo‘ylama o‘qi bilan yo‘l o‘qi 
kesishadigan nuqtadan aniqlanadi.
Yo‘l mintaqasidan tashqarida (shaharlarda va boshqa aholi yashash 
joylarida) joylashgan yo‘l xizmati binolari va avtoservis korxonalari joylashish 
o‘rni, yo‘l kilometr belgisiga yaqinroq joylashgan shaharni yoki aholi yashash 


366 
joyini ko‘rsatish bilan qayd qilinadi. Yo‘ldan binolar anchagina uzoqlashganda, 
chiziqli grafikda ulargacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi.
Ayrim hollarda, biron bir hududning o‘zida bir necha binolar joylashsa, 
majmuaning joylashish o‘rni bosh bino joylashish o‘rni bo‘yicha aniqlanadi.
Bo‘ylama qiyalikni va rejadagi egri radiusini qayd qilish uchun, avtomobil 
yo‘li mazkur bo‘lagining reja va bo‘ylama kesim loyiha ma’lumotlaridan va ishchi 
xujjatlaridan foydalaniladi. Mazkur xujjatlar mavjud bo‘lmaganda, rejadagi egrilar 
radiusini va bo‘ylama qiyaliklarni baholash tegishli asboblar va jihozlar bilan 
jihozlangan qo‘zg’aluvchi yo‘l laboratoriyasi yordamida, yoki geodezik asboblar 
yordamida bajariladi. Harakat jadalligi va tarkibi, yo‘l-foydalanish tashkilotida 
mavjud bo‘lgan, harakatni bevosita hisobga olish ma’lumotlari bo‘yicha 
aniqlanadi. Harakat o‘lchami to‘g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan 
hollarda, harakat jadalligining qisqa muddatli nazorat hisobini o‘tkazish va MQN 
45-2007 asosida yillik o‘rtacha sutkalik harakat jadalligini aniqlash zarur. Aholi 
yashash punktlaridan tashqarida joy manzarasini yo‘l poyi qoshidan chapga va 
o‘nga 50 m kenglikda, aholi yashash puntlarida esa inshootlar chizig’i oralig’ida 
tushiriladi (lekin yo‘ldan har ikki tarafga 50 m dan ko‘p emas).
Joy manzarasi tushirilayotganda quyidagilar albatta belgilanishi lozim: 
- yo‘l uchun ajratilgan mintaqa chegaralari; 
- yozgi va traktor yo‘llari, agar ular mavjud bo‘lsa; 
- o‘tloqlar, chopilgan erlar, o‘rmonlar, jarliklar, bog’lar, uzumzorlar; 
- daryolar, soylar, ko‘llar va boshqa suv havzalari; 
- sun’iy inshootlar; 
- avtoservis korxonalarining binolari (hamda 50 metrli kenglikdan tashqarida 
ham); 
- yo‘l tashkilotlarining yordamchi korxonalari ob’ektlari (ABZ, StBZ, konlar 
va hokazo), (hamda 50 metrli kenglikdan tashqarida ham); 
- hisobga olinayotgan yo‘l kesishayotgan temir va avtomobil yo‘llari, hamda 
uning qo‘shilishi yoki tutashishi mumkin bo‘lgan avtomobil yo‘llari; 
- yo‘ldan tushish yo‘llari; 


367 
- yo‘lning qum bosadigan va o‘pirilgan bo‘laklari; 
- yo‘lga ajratilgan mintaqa chegarasida joylashgan turar joy binolari va boshqa 
inshootlar (yo‘l bo‘ylab o‘tkazilgan yoki u bilan kesishuvchi gaz o‘tkazgich, 
suv o‘tkazgich, oqava suv, aloqa elektr uzatgich liniyalari). 
Bunda albatta quyidagilar ko‘rsatiladi:
- daryo va boshqa suv oqimlari uchun ularning nomlanishi (agar bo‘lsa) va 
oqim yo‘nalishi;
- kesishayotgan temir yo‘llar uchun - yo‘lning nomi va avtomobil yo‘lidan 
chapda va o‘ngda joylashgan eng yaqin stanstiyaning nomlanishi (kilometraj 
yo‘nalishi bo‘yicha); 
- kesishayotgan, tutashayotgan yoki qo‘shilayotgan avtomobil yo‘llari 
uchun – yo‘lning va uning chap va o‘ng tomonida yaqin joylashgan aholi 
punktlarining nomlanishi. Qo‘shilayotgan yo‘llar uchun, bulardan tashqari, yo‘llar 
qo‘shilayotgan qismlarining chegaralari ko‘rsatiladi;
- avtoservis korxonalari uchun – ularning quvvati, joy soni va xokazo. 

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin