187
9-§. TA'LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI.
DARS – TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
REJA:
1. Ta'limni tashkil etish shakllari
2. Dars – ta'limni tashkil etishning asosiy shakli
3. Darsga qo‘yiladigan talablar
Tayanch tushunchalar:
tashkil etish, shakl, ta'limni tashkil etish shakli, ta'limni
tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta'limni tashkil etishning yordamchi
shakllari.
Ta'limni tashkil etish shakllari.
Ta'limni tashkil etish
shakli
– bu o‘qituvchi
va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma'lum rejimda
tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari
mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o‘z
ta'sirini o‘tkazadi.
Ayni
vaqtda
ta'limning
quyidagi
shakllari
ajratib
ko‘rsatiladi:
individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari,
auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari.
Ular o‘quvchilarni qamrab olishi,
o‘quvchilar
faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy
va individual shakllarining
nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari
kabi belgilariga ko‘ra quyidagi
uch asosiy turga
ajratiladi:
1)
individual;
2)
sinf-dars;
3)
ma'ruza-seminar.
O‘qitishning
eng qadimgi shakli
ta'limning individual shakli
hisoblanadi.
O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul
bo‘lgan, undan ba'zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.