Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
Aralash (kombinatsion dars).
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
Laboratoriya darslari.
Amaliy darslar.
Aralash darsning tuzilishi: a) tashkiliy qism;
b) o‘tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
191
v) yangi mavzuni bayon qilish;
g) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o‘quvchilarni baholash;
ye) uy vazifasi.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
v) o‘rganilgan materialni mustahkamlash;
d) uy vazifasi.
O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi :
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilgan mavzularga doir savol-javob o‘tkazish;
v) o‘rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
g) o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini o‘tkazish;
g) uy vazifasi (o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).
Laboratoriya darslarining tuzilishi: a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) laboratoriya ishini o‘tkazish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi: a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;