Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


-modda.  Yong‘in xavfsizligi sohasida



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   207
5c78e023dfdea (1)

13-modda. 
Yong‘in xavfsizligi sohasida 
normativ jihatdan tartibga solish 
Yong‘in xavfsizligi sohasida normativ jihatdan 
tartibga solish ijro etilishi shart bo‘lgan yong‘in 
xavfsizligi talablarining vakolatli organlar tomonidan 
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek normativ 
hujjatlarda belgilanishidir. 
Vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan 
yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan 
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ 
hujjatlar Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan 
kelishib olinishi kerak. 
14-modda. 
Yong‘in 
xavfsizligi 
chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish 
Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in 
xavfsizligini ta’minlashga, shu jumladan yong‘in 
xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir. 


Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in 
xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, yong‘in 
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, 
shuningdek yong‘inlarga qarshi kurashish tajribasi, 
moddalar, 
materiallar, 
texnologik 
jarayonlar, 
buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar 
va inshootlarning yong‘in xavfliligiga baho berish 
asosida ishlab chiqiladi. 
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar 
va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (etkazib 
beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, 
konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yong‘in 
xavfliligi ko‘rsatkichlarini, shuningdek ulardan 
foydalanishda qo‘llaniladigan yong‘in xavfsizligi 
chora-tadbirlarini 
tegishli 
texnik 
hujjatlarda 
ko‘rsatishi kerak. 
Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa 
ob’ektlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini 
ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan 
ular loyihalashtirilayotganda yong‘inlar chog‘ida 


odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va 
jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini 
ta’minlovchi echimlar nazarda tutilishi kerak. 
Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun 
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi 
hamda amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin