mavzuga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ko‘riklar,
konferensiyalar o‘tkazish va aholini xabardor
qilishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
shakllaridan foydalanish orqali yong‘in
xavfsizligi
muammolari va yong‘in xavfsizligini ta’minlash
yo‘llari haqida xabardor qilishdir.
Yong‘inga qarshi targ‘ibotni yong‘indan saqlash
xizmati, shuningdek yong‘indan saqlash xizmati
ko‘magida vakolatli organlar,
mahalliy davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari,
tashkilotlar va fuqarolar
o‘tkazadi.
Tashkilotlarning xodimlariga yong‘in xavfsizligi
chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ish beruvchilar
(ma’muriyat,
mulkdorlar)
tomonidan
yong‘in
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq,
tegishli vakolatli organlar
tasdiqlagan va Davlat
yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus
dasturlar bo‘yicha olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga va
boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan
shaxslarga yong‘in xavfsizligi
chora-tadbirlarini
qo‘llashni majburiy tarzda o‘rgatish mazkur
muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar
tasdiqlagan va Davlat yong‘in
xavfsizligi xizmati
bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida bolalarga yong‘in xavfsizligi chora-
tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish,
ularni kasbga
yo‘naltirish, yong‘inga qarshi targ‘ibot tizimini
takomillashtirish hamda yong‘inlarning oldini olishga
va yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilishga
qaratilgan
boshqa
vazifalarni
amalga
oshirish
maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq yosh yong‘in
o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: