Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Elektrik maydon 
O‘ta past 
25,5 V/m 
10V/m 


(“Sverxnizkie”) 
5 Gs-2 kGs. 
Past (“Nizkie”) 
2kGs-400kGs 
2,5 V/m 
1V/m 
Magnit maydoni 
250nT 
200nT 
O‘ta past 
(“Sverxnizkie”) 
5 Gs-2 kGs. 
25nT 
25nT 
Past (“Nizkie”) 
2kGs-400kGs 
Kompyuterlar bilan ishlashda ruxsat etilgan 
shovqin- 50dB, tasvir elementlarining titrashi-0,1mm, 
pozitiv kontrastda ishlashda kadrlar chastotasi- 60Gs, 
matnni qayta ishlashda kadrlar chastotasi-72Gs, 
rentgen nurlanishlari dozasi quvvati-0,03 mkR/s dan 
kam bo‘lishi talab etiladi. Barcha monitor ekranlariga 
antistatik ishlov berilishi shart.
Ta’kidlash joizki, kompyuterning insonga 
ta’sirini yanada bir muhim jihati, ya’ni inson 
shaxsiyati, ruhiy olami, ruhiy xususiyati va ruhiy 


holatiga, ayniqsa yoshlarimizning axloqiy-tarbiyaviy 
holatiga ta’siri qandayligini baholash ham dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi.
Ish joylariga qo‘yilgan ergonomik va sanitar-
gigenik talablar. 
Kompyuterlardan 
foydalanishda 
yuzaga 
keladigan xavfli va zararli omillardan himoyalanishda 
ushbu standart talablarini ta’minlash bilan bir qatorda 
ish joyi ergonomikasiga ham katta e’tibor qaratish, 
jumladan ish joyining yoritilganligi, mikroiqlimi, 
sanitar-gigenik talablarga javob berishi, kompyuter 
stollarining o‘lchami va o‘rnatilishi, turli xil himoya 
vositalaridan foydalanish, ish vaqti va dam olish 
rejimining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muhim rol 
o‘ynaydi. Masalan, kompyuterlarda 40-45 minut 
ishlagach 10-15 minut tanaffus qilish, tanaffus vaqtida 
asab va muskullarni bo‘shashtiruvchi, tinchlantiruvchi 
mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Stol imkoni boricha katta bo‘lishi lozim. Bu 
asosiy shartdir, chunki agar barcha moslamalarni 


o‘rnatish uchun joy kamlik qilsa, ergonomika 
to‘g‘risida eslamasa ham bo‘ladi. Stolning balandligi 
qorin o‘rtasi bilan bir sathda bo‘lishi, oyoqlar polda 
tekis turishi, bo‘ksa pol bilan parallel bo‘lishi, gavda 
esa tik holatda bo‘lishi kerak. 
Shuningdek, stol qancha og‘ir bo‘lsa, shuncha 
yaxshi. Stol qimirlamay, mahkam turishi kerak, aks 
holda titrash ta’sir etishi mumkin. 2ta stolni to‘g‘ri 
burchak ostida bir-biriga yonma-yon qilib qo‘yish 
yaxshi 
samara 
beradi, 
bunda 
ikkinchi 
stol 
sichqonchadan bemalol foydalanishi uchun o‘ng 
tomonga qo‘yiladi. Stol va devor o‘rtasi ochiq bo‘lishi 
lozim. 
Inson organizmiga kompyuter moslamalarining 
muntazam ravishdagi elektrostatik potensiali ham 
zarar etkazadi. Elektr maydonining doimiy ta’siri 
ostida organizmda elektrogipnoz holati ro‘y beradi. 
Natijada bosh og‘rig‘i, holdan toyish, bosh aylanishi 
kabi 
holatlar 
vujudga 
keladi. 
Sintetikadan 
tayyorlangan matolar tabiiy mato va badan bilan 


ishqalaganganida statik elektr tokini hosil qiladi va bu 
esa texnika uchun ham inson uchun ham zararlidir. 
Bundan himoyalanish maqsadida polga tabiiy jundan 
to‘qilgan palos to‘shash to‘shash, o‘zingiz esa tabiiy 
matodan tikilgan kiyim-kechakda bo‘lishingiz talab 
etiladi. 
Gipodinamiya
– inson organizmi (qon aylanish, 
nafas olish, taomni hazm qilish, tayanch – harakat 
apparati) funksiyalari harakat qilish faolligining 
cheklanganligi, 
mushaklar 
qisqarishi 
kuchining 
pasayishi 
natijasida 
buzilishidir. 
Mehnatni 
avtomatlashtirish 
va 
mexanizatsiyalashtirish, 
kommunikatsiya vositalari rolining o‘sishi tufayli 
gipodinamiya kundan-kunga ommalashib bormoqda. 
Bu muammo bevosita kompyuter bilan bog‘liq emas. 
O‘tirgan holda mehnat qiladigan odamlarning 
barchasi uchun gipodinamiyaga chalinish xavfi bor. 
Uzoq vaqt o‘tirganda gavdaning har qanday holati 
tayanch-harakat apparati uchun zararli bo‘lib, bundan 
tashqari ichki a’zolarda va kapillarlarda qonning 


to‘xtab qolishiga olib keladi. Ko‘proq revmatik 
og‘riqlar va varikoz paydo bo‘ladi. 
Bunday hollarning oldini olish uchun: 

kompyuter bilan ishlash vaqtida tez-tez 
gavda holatini o‘zgartirib turing;

miriqib kerishing;

stol tagida oyoqlar holatini o‘zgartirib 
turishni unutmang;

telefonni o‘zingizdan uzoqroq joyga 
qo‘ying;

mabodo kofe, choy yoki boshqa ichimlik 
ichmoqchi bo‘lsangiz, aslo kompyuter oldida 
ichmang, buning uchun qulay bo‘lgan boshqa joyga 
o‘ting;

vaqt-vaqti bilan turib, shunchaki sayr 
qilishga erinmang;

ish vaqtida deraza oynasi yoniga kelib, 
ko‘chani tomosha qilib turishni odat qiling, bu har 
tomonlama foydalidir.



kompyuter bilan ishlashdan avval va 
undan keyin vaqtingizni faollikda o‘tkazing – sayr 
qiling, sport o‘yinlarini o‘ynang, raqsga tushing, 
xullas, istaganingizni qiling, lekin harakat qiling! 
Kompyuter 
bilan 
ishlash 
davridagi 
harakatsizlikni serharakatlik bilan almashtiring. 
Bir xil harakatlarni bajaruvchi mushaklar guruhi 
uchun charchash zararlidir. Charchash bo‘g‘in va 
paylarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. 
Kompyuter sichqonchasi va klaviatura bilan uzoq vaqt 
bir xil holatda ishlash natijasida qo‘l paylari 
tendovaginiti ayniqsa ko‘p uchraydi. “Tendovaginit” 
– (lotinchadan “tendo” – pay) paylarning 
yallig‘lanishidir ( ko‘proq qo‘l panjalari, bilak, tizza). 
Zo‘riqish, shikastlanish va kompyuter bilan uzoq vaqt 
muntazam ishlash natijasida bu kasallik rivojlanib 
boradi. Belgilari: paylar shishadi, og‘riq paydo 
bo‘ladi. 

klaviatura 
albatta 
tirsaklaringizdan 
pastroqda bo‘lishi kerak; 



elka va bilaklar orasidagi burchak 121 
darajadan kam bo‘lmasligi kerak; 

uzoq 
vaqt 
ishlayotganingizda 
kaftlaringizning ichki tomonlari tayanchga ega 
bo‘lishi kerak; 

qo‘llaringiz pastga osilgan holda bo‘lishi 
mumkin emas, kursining qo‘l uchun suyanchiqlariga 
qo‘yib o‘tiring; 

boshingizni oldinga egib o‘tiring, displey 
ekranini shunday joylashtiring-ki, sizning nigohingiz 
ozgina pastroqda bo‘lsin; 

stul yoki kursi suyanchig‘iga suyanib 
o‘tiring. 
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 1981-yilda 
tayanch-harakat apparatining yuqori qismi, yani qo‘l-
panja kasalliklari kasbiy kasalliklar umumiy sonining 
atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin 80-yillar davomida, 
ya’ni kompyuterlashtirish g‘oyat tez sur’atlarda o‘sib 
borgan 10 yil ichida, bu kasallik 1989-yilda butun 
kasbiy patologiya strukturasining 52 % ini tashkil 


etgan. Bir necha ming aloqa xodimlari uyushmasi 
a’zolarining salomatligini o‘rganib borish natijasida 
ularning 20% ga yaqini surunkali ravishda kasbiy 
qo‘l-panja kasalliklaridan aziyat chekishlari ma’lum 
bo‘ldi. Amerika Qo‘shma SHatlarining bir qator 
kompaniyalari tendovaginit, ligamentit (karpal kanal 
sindromi), 
shuningdek, 
qo‘llarning 
muntazam 
ravishda og‘rishigina emas, balki mehnat qobiliyatini 
yo‘qotishgacha olib keladigan boshqa paylar 
yallig‘lanishi 
kasalliklariga 
duchor 
bo‘lgan 
bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida bir 
necha million dollar zarar ko‘rmoqda, bu kompyuter 
bilan ishlashda uchraydigan zararli omillardan biridir. 
“Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi - 
nur tarqatishdir. Nur tarqatishning kattagina qismi 
monitorga to‘g‘ri keladi, chunki monitor har tomonga 
elektromagnit va elektrostatik maydon, ekrandan esa 
ultrabinafsha nurlarini tarqatadi. Kompyuterdan 
tashqari, lazerli printer, nusxa ko‘chirish apparatlari, 
ya’ni ichki qismi yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan 


texnikalardan ham nur tarqaladi. Bundan tashqari, 
toner-kartrij ichidagi tarkibida og‘ir metall bo‘lgan 
kukun ham g‘oyat xavflidir. SHuningdek, uzoq vaqt 
kompyuter oldida ishlash ko‘z uchun nihoyatda 
zararlidir. 
Kompyuter texnikasidan taralayotgan nur inson 
organizmiga 
qanday 
zarar 
etkazishi 
mumkin? 
Avvalambor, markaziy nerv sistemasiga juda katta 
ziyon etkaziladi. Bunda ayniqsa bolalar aziyat 
chekadilar. Kishi tez-tez asabiylashadigan bo‘lib 
qoladi, diqqatini bir joyga jamlash qiyin kechadi, 
stresslarga berilish darajasi oshadi. Yurak - tomir 
tizimi va yuqori nafas olish yo‘llari kasalliklari 
vujudga keladi, immunitet pasayib ketadi. 
Bulardan himoyalanish maqsadida quyidagilarga 
amal qilish talab etiladi: 

monitordan 40-50 sm masofada bo‘ling; 

sifatli himoyasi bo‘lgan yaxshi monitor sotib 
oling; 



monitoringizdagi tasvir etarli darajada aniq 
bo‘lsin; 

tez-tez nam latta bilan kompyuterni artib 
turing, chunki chang, ayniqsa monitordagi chang 
nurni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega; 

havo ionizatorlaridan foydalaning. 
Ish joyingizni tashkil etishga alohida ahamiyat 
bering: monitorgacha bo‘lgan masofa 40-50 smdan 
kam bo‘lmasligi; 2ta ishlayotgan kompyuter orasidagi 
masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda 
ulardan chiqayotgan magnit maydonlari birlashib, nur 
taratishni kuchaytiradi. Nur kamroq taralishi va 
ko‘zlarga ta’sirini kamaytirish uchun monitordagi 
tasvir ravshanligi minimal darajada bo‘lishi kerak. 45 
daqiqa davomida kompyuterda ishlang, 15 daqiqa 
dam oling, xonani tez-tez shamollatib turing. 
Ish joyining to‘g‘ri yoritilganligi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ekranga nurlar tushmasligi 
uchun Yorug’lik chap tomondan tushishi kerak. 
YAxshi monitorlarda turli yo‘nalishda nur taralishini 


kamaytirish maqsadida ekran usti va korpus ichi 
himoya 
qoplamasi 
bilan 
qoplanadi. 
Bunday 
monitorlarda TSO logotipi va Lo radiation (past nur 
taratilishi) degan yozuvlar bo‘ladi. TSO himoyasi 
standartlari o‘z klassifikasiyaga ega: 92-elektromagnit 
nur taralishidan himoya; 95-monitor korpusi himoyasi 
va uni tayyorlashda tarkibida toksik moddalar 
bo‘lmagan 
plastmassadan 
foydalanish; 
99-
avvalgilariga qo‘shimcha tarzda kelgusida texnikani 
hisobdan chiqarish imkoniyati. Tabbiiyki, bu himoya 
qoplamalarining barchasi nur taratilishini to‘liq 
to‘xtata olmaydi, lekin ma’lum darajada kamaytiradi. 
Darvoqe, zamonaviy suyuq kristalli monitorlarning 
nur taratishi minimal darajada, ekranlarning antiblokli 
himoyalari esa ko‘zni asrashga yordam beradi. 
Himoya qoplamalaridan iqtisod qilish - kompyuter 
texnikalari narxini arzonlashtirish usullaridan biri 
ekanligi bejiz emas.
Yorug’lik nurlarining tinimsiz harakatlarini 
kuzatar ekan, ko‘zlar toliqadi. Biz odatda bir daqiqada 


20 marta kiprik qoqamiz. Bunda ko‘z yoshlarini 
ishlab chiqaruvchi bezlar shohpardani namlaydi. 
Ekranga tikilib o‘tirganimizda esa 3 marta kamroq 
kiprik 
qoqamiz. 
Ko‘zlar 
“quriydi”, 
achishadi.Mutaxassislar ko‘z shohpardasini sun’iy 
ravishda namlab, ko‘zlarga yordam berishini maslahat 
beradilar”. Ko‘z va ob’ekt orasidagi optimal masofa 
33 santimetrni tashkil etishi kerak. Biroq kompyuter 
ekrani odatda 50 santimetrdan ortiq masofada bo‘ladi, 
bu esa qo‘shimcha zo‘riqishga olib keladi, natijada 
ko‘zlar uzoqni yaxshi ko‘rolmaydigan bo‘lib qoladi. 
Ko‘z nur taratayotgan nuqtalarga tikiladi va natijada 
kuchli zo‘riqadi; 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin