Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207
5c78e023dfdea (1)

1.4. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip, 
usul va vositalari 
Xavfsizlik umumiy nazariyasi strukturasida 
prinsiplar va usullar evristik va uslubiy rol o’ynaydi, 
xamda o’rganilaetgan fan soxasi bilan bog’langanligi 
xaqida to’la tushuncha beradi. 


Prinsiplarning axamiyati haqida fransuz filosof - 
materialisti Gelvesiy (1715-1771) shunday yozgan: 
“Ayrim prinsiplarni bilish ayrim omillarni bilmaslikni 
yengil to’ldiradi”. 
Xavfsizlikni ta’minlash usul va prinsiplari 
boshqa umumiy usullardan farq qilgan holda 
dialektika va logikaga tegishlidir. Prinsiplar va 
metodlar ma’lum miqdorda o’zaro bog’likdir. 
Xavfsizlikni ta’minlash vositalari keng ma’noda bu 
konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy bo’lib usul va 
prinsiplarni aniq ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. 
Prinsiplar, 
metodlar 
va 
vositalar 
xavfsizlikni 
ta’minlashning logik bosqichlaridir. Ularni tanlash 
faoliyatning aniq sharoitiga, xavf darajasiga, baxosiga 
va boshqa ko’rsatgichlarga bog’lik bo’ladi. 
 
Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari 
Xavfsizlikni ta’minlash o’z ichiga murakkab 
jarayonni oladi va uni elementar tashkil etuvchilarga 
dastlabki 
xolatlar, 
g’oyalar, 
prinsiplar 
deb 


ataluvchilarga bo’lish mumkin. «Prinsip» so’zi 
lotincha “principim” so’zidan olingan bo’lib, 
boshlanish, 
g’oya, 
asos 
demakdir. 
Ishlab 
chiqarishning 
turi, 
texnologik 
jarayonlarning 
afzalliklari, qo’llaniladigan jixozlarning xar xilligi - 
bularning 
xammasi 
xavfsizlikni 
ta’minlash 
prinsiplarining ko’p xilligiga shartlashadi. 
Prinsiplar muxim uslubiy axamiyatga egadir. 
Xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha to’lakonli profilaktik 
ish ilmiy-tekshirish, tajriba - konstruktorlik, loyixa 
ishlarida, ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta ko’rish va 
foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik 
prinsiplarini xisobga olish bilan mumkin bo’ladi. 
Prinsiplarning nazariy va ilmiy axamiyati shundan 
iboratki, ular bizni o’rab olgan dunyodagi xavflar 
bo’yicha bizlarning bilim darajamizni aniqlaydi va o’z 
navbatida ximoya tadbirlariga va ularni xisoblash 
usullariga talablar belgilaydi. Prinsiplarning axamiyati 
amaliy 
jixatdan 
xam 
muximdir: 
ular 
raqobatlashayotgan variantlarni taqqoslab taxlil qilish 


asosida 
xavflardan 
ximoyalanishning 
optimal 
yechimlarini topishga imkon beradi. Prinsiplarning 
evristik qiymati shundan iboratki ular Mexnat 
xavfsizligini boshqarishni tashkil qilishda xal qiluvchi 
axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash prinsipini 
bir-birini 
to’ldiruvchi element sifatda o’zaro 
bog’lanishda qarash muximdir. Konkret sharoitlarga 
bog’lik xolda bir va boshqa prinsiplar xar xil amalga 
oshiriladi. Xavfsizliknita’minlash prinsiplari ularni 
amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta 
sinfgabo’linadi: taxminiy, texnikaviy, tashkiliy va 
boshqaruv prinsiplari.
Taxminiy prinsiplar o’zida xavfsiz yechimlarni 
topuvchi yo’nalishni aniqlovchi metodologik va 
ma’lumot bazasi bo’lib xizmat qiluvchi asos soluvchi 
g’oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi prinsiplar 
kiradi: 
operatorning 
aktivligi, 
faoliyatni 
gumanlashtirish, strukturani o’zgartirish, operatorni 
almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va 
kamaytirish, sistemalik va boshqalar. Texnikaviy 


prinsiplarxavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini 
olishga yo’naltirilgan. Texnik prinsiplar fizik 
qonunlarniishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar 
kiradi: 
masofadan 
ximoyalash, 
ekranlashtirish, 
kattikligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), 
vakuumlashtirish, xavo kirmaydigan qilish, passiv 
zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizasiyalash va 
yeta olmaslik prinsiplari. Boshqaruv prinsiplarideb, 
xavfsizlikni ta’minlash jarayonining aloxida bosqich 
va 
etaplari 
orasida 
o’zaro 
bog’lanish 
va 
munosabatlarni aniqlovchi prinsiplarga aytiladi. 
Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta 
aloqali, samarali
javobgarlik, rag’batlantirish, 
ierarxik, bir ma’noli, adekvatli prinsiplari kiradi. 
Tashkiliy prinsiplargaxavfsizlik maqsadida Mexnatni 
ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi 
prinsiplar kiradi. Ulargavaqt bo’yicha ximoyalash, 
ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, 
kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik, Mehnatni 
rasional tashkil qilish va zidlik prinsiplari kiradi. Bir 


vaqtda ayrim prinsiplar bir nechta sinflarga kiradi. 
Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari sistemalarni xosil 
qiladi. Va bir vaqtning o’zida xar bir prinsip nisbatan 
mustakillik kashf qiladi. Ayrim prinsiplarni aloxida 
ko’rib chiqamiz. Xar bir ko’rib chiqayotgan prinsipga 
ta’rif beramiz va misollar keltiramiz. Sistemalik 
prinsipi - shundan iborat bo’lib xar qanday xodisa
xarakat va ob’ekt sistemalik konsepsiyasi bilan 
ko’riladi. «Sistema» so’zi grekcha - systema so’zidan 
olingan bo’lib, butun, qismlar va birikmalardan 
to’zilgan demakdir. Sistema deganda elementlar 
majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o’zaro ta’sirlar 
adekvatli ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday 
sistemani 
aniq 
sistema 
deb 
ataymiz. 
Agar 
elementlarning o’zaro ta’siri xar xil natijalarga olib 
kelsa, buni noaniq sistema deyiladi. Sistemaning 
noaniqlik darajasi qancha yuqori bo’lsa shunga ko’ra 
xar xil natijalar paydo bo’ladi. Sistemadagi noaniqlik 
uning elementlarini va ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir 
xarakterini to’liq xisobga olmaslikdan tug’iladi. 


Sistemaning elementlariga moddiy ob’ektlar xamda 
ular orasidagi munosabat va aloqalar kiradi.
Misol: Yong’in fizik xodisa, u quyidagi 
sharoitlarda paydo bo’ladi [1]: 
1) yonuvchi modda; 
2) havodagi kislorod miqdori kamida - 14%; 
3) o’t olish manbayi ma’lum quvvatda va 
yuqorida uchta shartni; 
4) bo’shliqqa; 
5) vaqt bo’yicha olib chiqish. 
Mazkur 5 ta shart bitta sistemani tashkil qiladi. 
Bularning o’zaro birgalikdagi ta’sirida aniq bir oqibat 
paydo bo’ladi - bu yongindir. Yuqoridagi 
elementlarning loakal 
bittasini 
bartaraf 
qilish, 
yong’inning to’xtashiga olib keladi, binobarin, 
berilgan sistemaning buzilishiga olib keladi.
Destruksiya prinsipi (u lotincha destructvus 
so’zidan olingan bo’lib buzuvchi degan ma’noni 
beradi). Uning moxiyati shundan iboratki, bunda 
xavfli natijaga olib keluvchi sistema undagi bitta yeki 


bir necha elementlarni bartaraf qilish bilan bo’ziladi. 
Destruksiya prinsipi tashkilan ko’rib o’tilgan 
sistemalik prinsipiga bog’lik va qisman universal 
axamiyatga egadir. Xavfsizlikni taxlil qilganda oldin 
sistemalik prinsipi ishlatiladi, keyin destruksiya 
prinsipini 
xisobga 
olib 
sistemaning 
ayrim 
elementlarini bartaraf qilishga yo’naltirilgan tadbirlar 
ishlab chiqiladi (istalgan maqsadga olib keluvchi). 
Xavflarni bartaraf qilish prinsipi - o’z ichiga 
texnologiyalarni o’zgartirish, xavfli narsani xavfsiziga 
almashtirish, xavfsiz jixozlarni qo’llash, Mexnatni 
ilmiy tashkil qilish va vositalarni takomillashtirish 
bilan xavfli va zararli omillar bartaraf qilinadi. Bu 
prinsip o’zining mazmuni bilan juda ilgor va amalga 
oshirish shakli bilan juda ko’pdir. 
Misol: Ko’pchilik texnologik jaraenlarni olib 
borishda ko’p portlashga xavfli va o’tkir zaxarli gazlar 
yo’q qilinadi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun bu 
gazlarni yig’ish, ishlatish va yo’q qilishga mashxala 
qo’llash sistemasidan foydalaniladi. 


Xavflarni kamaytirish prinsipining moxiyati 
shunday qarorlarni qo’llashga asoslangan bo’lib 
xavfsizlikni oshirishga yo’naltiriladi, lekin talab 
qilingan darajada yeki meeridagi ishlar amalga 
oshirilmaydi. 
Bu 
prinsip 
ma’lum 
ma’noda 
kompromiss xarakterga egadir. 
Misol: Elektr toki urishdan ximoyalanishuchun 
xavfsiz kuchlanish (12,24, 36 V) qo’llaniladi. Bunday 
kuchlanishlarda tokdan zararlanish xavfi kamayadi. 
Biroq bunday kuchlanishlarni absolyut xavfsiz deb 
bo’lmaydi, shunday xolatlar ma’lumki insonlarni tok 
urishi asosan shunday kuchlanishlar ta’sirida sodir 
bo’ladi. Operatorni almashtirish prinsipi shundan 
iborat bo’lib, bunda operatorning vazifasini ishlab 
chiqarish robotlariga, avtomatik manipulyatorlarga 
topshiriladi yoki texnologik jaraenni o’zgartirish 
xisobiga butunlay yo’q qilinadi. Bu ishlovchilarni 
zararli omillar ta’siridan xolos qiladi, lekin 
omillarning o’zi yo’q qilinmaydi.


Informasiya prinsipining (lotincha informatio - 
xabardor qilish, bir narsa xaqida ma’lum qilish degan 
ma’nolarni beradi) moxiyati bir ma’lumotni 
xizmatchiga yetkazish va uni egallab olish ko’zda 
tutilgan xavfsizlik darajasinita’minlaydi. Buni amalga 
oshirish usullari: o’qitish, instruktajlar o’tkazish, 
xavfsizlik rang va belgilarini kuyish, ogoxlantiruvchi 
yezuvlar va jixozlarni markirovka qilish va xokazo.
Klassifikasiya prinsipi (lotincha classis - razryad, 
pogona, facio - bajaraman, beraman degan ma’nolarni 
beradi) bu xavf bilan bog’lik belgilariga qarab 
ob’ektlarni sinf va kategoriyalarga bo’lishdan iborat.
Misol: sanitary - himoya zonalarini 5ta sinfga, 
yong’in-portlash xavfi bo’yicha ishlab chiqarish 
binolarining A, B, V, G, D kategoriyalarga bo’linishi.
Kompensasiya prinsipida (lotincha compensatio - 
to’lash degan so’zni anglatadi) ishlovchilarga 
psixologik va psixofiziologik jarayonlarning bo’zilgan 
muvozanatini tiklash uchun beriladigan xar turdagi 
yengilliklar tushuniladi.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin