Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   207
5c78e023dfdea (1)

aerodisperss
tizimini keltirib 
chiqaradi. Aerodisperss tizimi havodagi chang 
zarrachalarining yoyilgan holatidir. 
Changsimon 
moddalar 
havoda 
yoyilgan 
sochilgan holatda ayrim hususiyatlarini kasb etadi: 
a) eng mayda chang zarrachalari atmosfera 
havosida muallaq turib qoladi; 
b) chang zarralarini havoda yoyilishi kuchayishi 
bilan ularning solishtirma yuzasi va sath kuchlari 
ortadi; 
v) eng mayda chang zarrachalari bir-biriga 
yopishib. yirik zarrachalarni hosil qiladi; 
g) zarrachalar o‘z sathlariga tashqi muhitdan 
ionlarni, molekulalarni, suv bug‘larini singdirib, 
ularni jamlanishiga sabab bo‘ladi; 
d) bunday zarrachalardan har xil belgili zaryadlar 
paydo bo‘ladi; 
e) 
aerodispers 
tizim 
Yorug’likni kuchli 


tarqalishiga sabab bo‘ladi; 
Zarrachalar 
katta-kichikligiga 
qarab 
ikki 
hususiyatga ega bo‘ladi: 
a) muallaq osilib turish va tez cho‘kish 
hususiyatiga ega bo‘lganlar; 
b) nafas yo‘llariga kirish hususiyatiga ega 
bo‘lganlar. 
Masalan, zarrachalar diametri 10-100 mkm ga 
teng bo‘lsa ular uzoq vaqt mobaynida osilib tura 
olmaydi, ular tez cho‘kadilar. Zarrachalar diametri 10-
0.1 mkm gacha bo‘lsa inson salomatligiga ancha xavf 
tug‘diradi. Ular havoda ancha turib qoladi. nafas 
yo‘llari orqali o‘pka alveolariga tushadi. uning chuqur 
joylariga etib boradi va o‘zining zararli ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Sanoati rivojlangan katta shaharlar va sanoat 
markazlarining atmosfera havosidagi chang, tutun, 
qurum va tumanlar ba’zi vaqtlarda quyosh nurlarini 
to‘sib er yuziga ultrobinafsha nurlarini o‘tkazmay 
qo‘yadilar. 


Ultrobinafsha nurlarning er yuziga etarli darajada 
etib kelmasligi o‘z navbatida turli kasalliklarga 
ayniqsa bolalarda raxit kasalini keltirib chiqaradi. 
Katta shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidagi 
chang 
miqdori 
har 
xil 
bo‘lishi 
shaharni 
obodonlatirishda, 
daraxtlar 
va 
o‘rmonlarning 
bo‘lishiga. sanoat korxonalarning katta-kichikligiga 
hamda 
ularni 
shahar 
hududida 
joylashishiga 
bog‘liqdir. 
F.F.Erisman nomidagi ilmiy-tadqiqot instiuti 
bergan ma’lumotga qaraganda. havodagi yillik 
o‘rtacha chang miqdori dalalarda 1 m
3
havoda 0.01 
mg, turar joylarda 0.12 mg, shahar markazida 0.13 
mg, sanoat korxonalari joylashgan joylarda 0.15 mg 
ga teng bo‘lishi kerak. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
atmosfera 
havosining 
ifloslanishi 
asosiy 
ekologik 
muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning 
yirik shaharlar va sanoat markazlarida atmosfera 
havosining ifloslanishi asosiy muammolardan biri 


hisoblaniladi. 
Statistik ma’lumotlarni tahlili shuni ko‘rsatadiki. 
1999 yilda atmosferaga chiqarilgan chiqindilarning 
umumiy hajmi 2296900 tonnani tashkil etadi, undan 
776900 tn. yoki 34% chiqindi turg‘un manbalarga 
to‘g‘ri 
keladi. 
1999-2004 
yillar 
mobaynida. 
Atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning umumiy 
hajmi 14.8% ga yoki 1957400 tn. ga qisqargan. Bu 
asosan sanoat va energetikaning sektorlarida ba’zi 
qisqarishlar, rekanstruksiya va qayta shakllanish 
o‘tkazilishi hamda havo muhofazasi bo‘yicha tadbirlar 
bajarilishi bilan izohlaniladi. 
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi bo‘lgan 
sanoat ob’ektlari Toshkent 42.7%, Qashqadaryo 
14.6%, Buxoro 10.9%, Navoiy 8.1%, Farg‘ona 6.8% 
viloyatlarda jamlangan. Sanoat salohiyati eenergetika, 
qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft – kimyo 
sanoati, gaz sanoati, neftni qayti ishlash zavodlari, 
sement va boshqa qurilish materiallari ishlab 
chiqaruvchi korxonalar ob’etalaridan iborat. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin