Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Konturli yerga ulash qurilmalari
ni maydon 
chegarasidan chiqishida qadamli kuchlanish baland 
bo’lib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar 


o’tadigan yo’llarida alohida metalli shinalar 
o’rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni 
taqsimlash qiyaligi hamda qadamli kuchlanishi 
kamayadi. 
Shunday qilib, konturli yerga ulash qurilmada 
yerga ulangan uskuna atrofidagi potensiali balandroq, 
potensiallarni ayirmasi esa pastroq bo’lishi hisobiga 
tegib ketish kuchlanishni va qadamli kuchlanishni 
havfsizligini ta’minlanadi. Yerga ulash qurilmalari-
tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Qurilishida va 
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan elektr o’tkazuvchi 
qismlar: metalli konstruksiyalar, armatura, truba 
qovurlari 
(yonuvchi 
va 
portlovchi 
gaz 
va 
suyuqliklardan 
tashqari), 
kabellarni 
metallik 
izolyatsiya (alyumindan tashqari) va hakazo, tabiiy 
yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash 
qurilmalar qo’llanilishida birinchi navbatda, tabiiy 
qurilmalardan foydalanishni tavsiya etiladi. Sun’iy 
yerga ulash qurilmalari-mahsus tayyorlangan bo’lib, 
boshqa maqsadlarida qo’llanilmaydi. Ko’pincha 


ularga vertikal joylashgan elektrodlar va ularni 
biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan 
iborat bo’ladi. Vertikal elektrod sifatida diametr 10 -
14 mm. va uzunligi kamida 5 metrli po’latli o’zak 
qo’llaniladi va o`lchamlari 40x40 mm dan 60x60 
gacha uzunligi esa 2,3 - 3 m. bo’lgan ugolniklar 
kamroq qo’llaniladi. 
Vertikal elektrodlarni odatda yer muzlaydigan 
qalinligidan 70-80 sm chuqurroq o’rnatiladi. 
Gorizontal elektrodlar va yerga o’tgazgich 
sifatida ko`ndalang kesim kamida 4x12 mm bo`lgan 
tasmali po’lat yoki diametr 6 mm bo’lgan prutok 
qo’llaniladi. 
Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida 
mahsus olib yuruvchi yerga ulash qurilmalari 
qo’llaniladi. Ularni o’rnatish va yeg’ishtirishni 
onsonlashtirish maqsadida yerga burab o’rnatiladigan 
elektrodlar va biriktirish uchun qo’llaniladigan 
mahsus qisqichlar mavjud. 


3.9 – rasm. Vertikal elektrodlarni transheyaga 
o’rnatish qurilmasi 
Yerga o’tgazgichlar o’zaro va yer ulagichlar 
bilan biriktirilishi maqsadida payvandlanadi, yerga 
ulanadigan uskunani qobig’i bilan esa, payvandlanadi 


yoki bolt yordamida biriktiriladi. Magistralli yer 
o’tgazgichlar yer ulagichlar bilan ikki joyda 
biriktiriladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin