Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Vazirlik 


4.1-rasm. Aloqa korxonalaridan mehnat 
muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish 
Korxona 
boshlig‘i 
korxonada 
mehnat 
muxofazasini tashkil qilish uchun javob beradi, bosh 
muxandis 
va 
boshliq 
muovinlari 
va 
mehnat 
to‘g‘risidagi qonunchilik, TX qoida va me’yorlari, 
ishlab chiqarish sanitariyasi, ularga bo‘ysunadigan 
bo‘limlar, sexlar, uchastkalarda yong‘in xavfsizligiga 
rioya etilishi ustidan to‘liq ma’suldir. 
Mehnat 
muxofazasi 
bo‘yicha 
ishlarning 
bajarilishi ustidan nazorat uchun bosh muxandisga 
bo‘ysunuvchi mehnat muxofazasi bo‘yicha muxandis 
tayinlanadi. 
Raxbar yuqori xavfli ishlar ro‘yxatini bilishi, 
ximoya vositalari va saqlovchi qurilmalar yarog‘lilik 
axvoli va mavjudligi ustidan kuzatib borishi, 
ventilyasiya qurilmalari, ish joylarining yoritilishi, 
ishining to‘g‘riligini tekshirib borishi, shovqin va 
tebranishlarning kamayishiga erishmog‘i, ishchi va 


xizmatchilarni ishlashning xavfsiz uslubni ularga 
o‘rgatish, saboqlar uyushtirishi, texnika xavfsizligi 
qoidalarini nechog‘lik bilishlarini davriy tekshirib 
turishi lozim. 
Raxbar, 
shuningdek, 
TX 
qoidalari 
va 
me’yorlarini bajarmagan shaxslarni ishdan chetlatishi, 
agar insonlar hayoti va salomatligiga taxdid 
solayotgan bo‘lsa, mexanizmlar ishini to‘xtatishi, 
jabrlanganga birinchi yordam ko‘rsatishni tashkil 
qilish, baxtsiz xodisalarni tergov qilish va ularni 
oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishda ishtirok 
etishi lozim. Aloqa korxonalarida travmatizmni 
kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga 
qaratilgan tadbirlar o‘tqazish ustidan nazoratni 
kuchaytirish maqcadlarida mehnat muxofazasi axvoli 
ustidan 3-pog‘onali nazorat joriy etiladi. 
Xar kuni usta yoki brigadir jamoat nazoratchisi 
bilan birga ishchilar axvoli, uskunalarning sozligi va 
ximoya 
vositalarining 
yaroqliligini 
tekshiradi. 
Nuqsonlar topilganda zudlik bilan ularni bartaraf etish 


bo‘yicha choralar ko‘riladi. Agar nosozliklarni 
kuchlari bilan bartaraf etish mushkul, imkonsiz bo‘lsa, 
nuqsonu nosozliklar 3-pog‘onali nazorat jurnaliga 
qayd etiladi. 
Xar xafta sex boshlig‘i katta jamoat nazoratchisi 
bilan xamkorlikda sexda Mehnat muxofazasining 
axvolini birma-bir tekshiruvdan o‘tkazadi, usta 
tomonidan bildirilgan nosozliklar bo‘yicha qarorlar 
qabul qiladilar, avvalgi tekshiruvlarda aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar 
bajarilishini nazorat qiladi. Tekshiruv natijalari sex 
boshlig‘i xuddi shu jurnalga yoziladi. 
Xar oyda bosh muxandis va Mehnat muxofazasi 
bo‘yicha 
muxandis 
korxona 
bo‘yicha 
Mehnat 
muxofazasining axvolini tekshiradi, tekshiruvning 1 
va 2 pog‘onalarida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf 
etilishini nazorat qiladi. 
Tekshiruv natijalari korxona bo‘yicha buyruq 
bilan rasmiylashtiriladi. 


Mehnat 
muxofazasi 
bo‘yicha 
muxandis 
muntazam TX qoidalari va me’yorlari, ishlab 
chiqarish sanitariyasi, yuqori turuvchi tashkilotlar 
farmoyishlari, nazorat qiluvchi organlari xujjatlarining 
ijrosini nazorat qiladi. 
U yangi qabul qilingan xodimlar bilan ilk 
yuriqnomani 
o‘tadi, TX bilimlarini tekshirish 
bo‘yicha komissiyalar ishi va ishlab chiqarishda 
baxtsiz xodisalarni tergov qilishda ishtirok etadi. 
Hisobotga noqulay sharoitlarda ishlovchilar soni 
xaqida ma’lumotlar va hisobot yilida me’yorlarga 
muvofiq xujjatlar kiritiladi. 
Hisobotda 
rekonstruksiya, 
kapital 
remont 
bo‘yicha bajarilgan ishlar xajmi va ishlab chiqarish 
sexlar, umuman TX qoidalari va me’yorlari 
talablariga 
javob 
bermaydigan 
uchastkalarni 
ekspluatasiyadan chiqarish to‘g‘risida ma’lumotlar 
bo‘lishi kerak. 
Mamuriy - xo‘jalik va injener-texnik ishchi 
mehnat 
qonunchiligi 
va 
mehnat 
muxofazasi 


qoidalarini buzsalar intizomiy, mamuriy yoki jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. 
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun 
ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini 
qo‘llashga xaqli: 
1. Xayfsan. 
2. O‘rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan 
ortiq bo‘lmagan miqdorga jarima solish xollari xam 
nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan 
jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi 
talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish (100 - 
modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). 
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy 
jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi. 
Mamuriy jazo - (ogoxlantirish yoki jarima) TX 
qoidalari yoki sanoat sanitariyasi qoidalari buzilishida 
aybdor xodimga texnik inspeksiya va sanitar nazorat 


organlari tomonidan ogoxlantirish yoki jarima 
solinadi. 
Mehnat muxofazasi qoidalari buzilishi, atrof-
muxit ifloslanishi ustidan agar bu qonunbuzarliklar 
oqibatida baxtsiz xodisalar chiqishi mumkin, insonlar 
salomatligiga zarar etkazsa, mansabdor shaxslar 
prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin