Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzganlik uchun javobgarlik Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va
boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan
yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari
vakillarining
faoliyatiga
monelik
qilayotgan
mansabdor
shaxslar
O‘zbekiston
Respublikasi
qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy
yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni
muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning
talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda
javobgarlikka tortiladilar.
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat
qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan hodimga
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan
tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan
nafaqa to‘laydi hamda sog‘ligiga etkazilgan shikast
uchun tovon to‘laydi.
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa
shartnomasi
(bitimi)
bilan
belgilanadi
va
jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi
lozim.
Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va
tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga
muxtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga bu
tadbirlar
bilan
bog‘liq
harajatlarni
to‘laydi,
shuningdek, jabrlanuvchining kasbini o‘zgartirib
qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq
ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu
maqsadlar uchun ketadigan harajatlarni qoplaydi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida
xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa
ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va
miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan
miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi.