100
Misol; agar 1 million so’mlik kapital, 5
yil muddatga, yillik 20 foizli foydalikda band
qilinsa uning yakuniy, kutilgan qiymati quyidagicha bo’ladi.
2
Bq=1000000x(1+0.20) =1000000x1.44=1440000 so’m
Qo’yilgan investitsiion kapitalning joriy qiymatini quyidagi formula
bilan aniqlash
mumkin.
n
Bq=Qq x (1+K) bundan
n
2
Qq=Bq/(1+Q) =1440000/(1+0.20)=1000000 co’m
Moliyaviy tahlilni maqsadi investitsion qarorni qabul etishni barcha savolnomasiga
(iqtisodiy naflik, foyda ko’rish, oqlanish, hayotiylik, taxlikalar yuzasidan)
javoblar topish va
uni asoslashdan iborat.
Investitsion
loyihalar tahlilida xarajatlar tahlili markaziy o’rinda turadi. Tahlil etishda
ularning qiymatiga , o’zgarishlariga baho beriladi. Investitsion loyihalar bo’yicha
xarajatlarni
quyidagi turlarga bo’lish mumkin;
1.
Investitsiya oldi xarajatlari;
2.
Investitsion
xarajatlar;
3.
Eksplatatsion xarajatlar.
Eng avvalo, loyihani tayyorlash va yo’lga qo’yish bo’yicha
xarajatlar va ularning
baholanishiga ahamiyat beriladi. Bunda yuzaga chiquvchi xarajatlarni quyidagicha
tarkiblash mumkin.
-qimmatli
qog’ozlar
emissiyasi
bo’yicha dastlabki xarajatlar;
-izlanishni yo’lga qo’yish bo’yicha xarajatlar;
-qurilma va uskunalarni yangilash yuzasidan xarajatlar;
-ishlab chiqarishni dastlabki sinov bosqichi xarajatlari;
-likvidatsion
xarajatlar;
-boshqa
xarajatlar.
Ikkinchi davrada yuzaga chiquvchi xarajatlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin;
-ob’ektni tanlash, sotib olish va tayyorlash bo’yicha xarajatlar;
-ko’chmas mulk bo’yicha xarajatlar;
-mashina
va
uskunalar bo’yicha xarajatlar;
-nomoddiy faollarni sotib olish bo’yicha xarajatlar.
Uchinchi davra-ekspluatatsion xarajatlar qatoriga investitsion loyihalarni yo’lga
qo’yish va joriy aktivlarni sotib olishda yuzaga chiquvchi xarajatlar kiritiladi.
Investitsion
loyihalar
hayotiyligini baholash, tahlil etishda xarajatlar va ularning
o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga ahamiyat beriladi. Investitsion xarajatlar va ularning
o’zgarishlari quyidagi xarajat elementlari bo’yicha o’rganiladi;
-zavod
xarajatlari;
-ma’muriy
va ustama xarajatlar;
-moliyaviy
xarajatlar;