7-chizma. Pul omillari
harakatining ko‘rinishi.
6-chizma. Keyns modelida
bo‘Igan talabning elastikligi.
56
Ipu
JS
egri chizig'ining chapga siljishiga, demak, yakuniy mahsulotning
P'llehiga olib keladi. Aksincha, agar
IS
egri chizig‘i
L M egri
chizig‘ini
ptrtikal qismda kesib o‘tadigan bo‘lsa, model klassik ko‘rinishga ega
bo'ladi: tovar sektorida talabning o ‘sishi foiz m e’yorining o ‘sishiga
Olib keladi, biroq ishlab chiqarish darajasiga ta’sir etmaydi. Pul omillari
bevosita nominal daromad miqdoriga, uning narx komponentiga ta ’sir
Ctadi, bu esa miqdoriy nazariyaga xos.
i,
4.3. Pulning Keynscha va neoklassik nazariyasi sintezi
Keyns nazariyasining rivojlanishi uni shunday talqin qilishga olib
fceldiki, bunda u neoklassik pul nazariyasi (mikroiqtisodiyot) va neoklassik
miqdoriy nazariyaga juda o‘xshab ketdi. Bu model keyns-neoklassik
sintez deb atala boshlandi. Awalo bu sintez iste’mol funksiyasi nazariya-
siga Pigu samarasini (yoki boylik samarasini) kiritish bilan tavsiflanadi.
Pigu samarasini
unga muvofiq umumiy rejadagi iste’mol xarajatlari
xususiy sektor real sof boyligining funksiyasi hisoblanadigan nazariyasi
sifatida izohlash mumkin. Bu tovarlar bozorida real kassa qoldiqlari
samarasining boshqacha varianti bo‘lib, bu yerda puldan tashqari
boylikning boshqa shakllari ham moliyaviy aktivlar (masalan, obligatsiya)
va tabiiy aktivlar (asbob-uskunalar, turar-joylar) shaklida tahlil qilinadi.
Mikrodarajada Pigu samarasi nazariyasi hozirgi kun va kelajak
o'rtasida iste’mol xarajatlarini taqsimlashda foydalilikni maksimal-
lashtirishga yo‘naltirilgan individ strategiyasidan kelib chiqadi, bundan
xulosa chiqarish mumkinki, iste’mol to ‘plangan boylik summasining
funksiyasi hisoblanadi. Boshqa barcha shartlar bir xil bo‘lganda real
boylikning o ‘sishi real iste’molning o ‘sishiga olib keladi. Piguning
ta’kidlashicha, aktivlarga ega bo‘lishning o‘zi xuddi insonning jamiyatda
egallagan o ‘rni kabi o ‘zidan-o‘zi foydalilik keltirmaydi. Foiz stavkasi
hattoki nolga teng bo‘lganda ham jamg‘armalar musbat qiymatga ega
bo‘ladi, degan fikrni bildiruvchi Keyns gipotezasining negizi aynan
shu yerda, chunki
IS
egri chizig‘i gorizontal o‘qni kesib o ‘tadi. Piguning
fikriga ko‘ra, boylikdan olinadigan qoniqish pasayuvchi eng yuqori
foydalilik qoidasiga bo ‘ysunadi: individ boyligining real qiymati
qanchalik yuqori bo‘lsa, bu boylikning o ‘sishidan olinadigan foyda,
jamg‘armalarning foydalilik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Demak,
boshqa shartlar bir xil bo‘lganda, real boylikning o ‘sishi individni ko‘proq
iste’mol qilish va kamroq jamg'arishga majbur qiladi. Shunday ekan,
iste’mol boylikka nisbatan yomonroq ne’mat emas.
57
Makrodarajada keyns-neoklassik sintez modellari Pigu samarasini
ajratib turuvchi jihat sifatida qamrab oladi. Biz oldinroq Keynsning
rejadagi real iste’mol xarajatlari faqat bitta real daromadning fimksiyasi
hisoblanadi degan qoidasini ко‘rib chiqqan edik:
Dostları ilə paylaş: |