Monetarizm doktrinasi rivojlanishida keyingi qadam sanoat sikllari
sababi va xarakteri masalasiga taalluqli bo‘lib, bundan oldingi bosqich
— an’anaviy miqdoriy nazariyaning umumiy narx darajasi nazariyasidan
nominal daromad nazariyasiga aylanishi bilan bog‘liq edi. Monetaristik
tadqiqotlar markazida pul zaxiralari o‘zgarishi va pul qiymatidagi yalpi
milliy mahsulot (daromad) tebranishi o' rtasidagi bog‘liqlikning puldagi
ifodasi yotadi.
Monetarizm evolutsiyasida inflatsiya tabiati haqidagi munozaralar
muhim rol o‘ynadi. Fridman va boshqa monetaristlar inflatsiyani to ‘lov
vositalarining tezlashgan emissiyasi natijasida vujudga keluvchi «sof
pul bilan bog‘liq» hodisa sifatida talqin qiladilar. Bunda doktrinaning
neoklassik ildizlari, uning pul miqdori va umumiy narx darajasi o'rtasida
bevosita aloqa mavjudligini e’tirof qiluvchi miqdoriy pul nazariyasi
bilan bog'liqligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Monetarizm doktrinasi rivojlanishida keyingi bosqich ish haqi va
ishsizlik darajasi bilan bog‘liq edi. 1967-yili Fridman ishchi kuchi bozo
rining qattiq sharoitlari bilan belgilanadigan va hukumat siyosati chora-
tadbirlari tomonidan o'zgartirib bo‘lmaydigan «ishsizlik tabiiy darajasi»
mavjudligi haqida fikr bildirdi.
Monetaristlarning «fiskalizm» deb tan olgan keyns siyosatiga qarshi
urushi ham o‘z bosqichlariga ega.XX asrning 70-yillari o ‘rtalarida keyns
va monetaristlar maktablari o'rtasidagi kurash bevosita xo'jalik siyosati
amahy tadbirlarida namoyon bo‘ldi. 1980-yillar boshida iqtisodiy siyo-
satni ifodalashda uning qoidalaridan foydalanish monetarizmning om-
maviyligi keskin o'sganligi ko'rsatkichi bo'ldi. Markaziy banklar amaliyo-
tida pul qoidalarining turli variantlari keng tarqaldi.
Monetarizmning asosiy jihatlari haqidagi masalalar bo‘yicha fikrlar
xilma-xilligi juda keng. Asosiy sabab shundaki, monetarizm iqtisodiy
fikrlashning keng oqimi sifatida ko‘p o‘lchamli hisoblanadi.
Monetaristlar o‘z konsepsiyalari bevosita real kuzatiladigan jarayon-
larga asoslanadigan dalillardan kelib chiqishi haqida tasawur uyg‘otishga
harakat qiladilar. Ularning metodologiyasiga muvofiq, nazariya bu —
empirik kuzatuvlar summasiga mos keluvchi gipotezadan boshqa narsa
emas. Biroq haqiqatda monetaristik konsepsiya awal boshdanoq apriorli
mulohazalar va doktrina ko‘rsatmalariga bo‘ysundirilgan edi. Dalillarni
to ‘plash, qayta ishlash va talqin qilish oldindan miqdoriy nazariya
qoidalari va neoklassik ta’limning umumiy xulosalarini tasdiqlash vazifasi
bilan belgilab qo‘yilgan edi. Monetarizmning eng mashhur bo'lgan
Fridman varianti quyidagi elementlarni qamrab oladi:
Dostları ilə paylaş: