1. Oshkora inflatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy
tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko‘tarilib borishi bilan
ifodalanadigan bo'lsa, bunday inflatsiya oshkora inflatsiya deb ataladi.
Oshkora inflatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba’zi
bozorlarda ko'tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi
mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari
o‘z ta ’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to ‘g‘risidagi
ma’lumotlarni oshkora yetkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib,
ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag'batlntirib boradi.
2. Yashirin inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turi shunday ko‘rinshda
b o ‘ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx-
navo m a’muriy tarzda davlat tomonidan o'm atiladi va tartibga solib
turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga
narx-navo «ijtimoiy past» darajada belgilanadi. Yashirin inflatsiya
sharoitida narx-navoning keskin o ‘sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin
84
/
milliy pul birligining qadrsizlanishi, aholi o ‘z pul mablag'lariga kerakli
mahsulotlarni xarid qila olmaslik holatlari paydo boiadi.
Iqtisodiyotda yashirin inflatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning
narx-navosi hamda aholi daromadlarming o'sishi vaqtincha to ‘xtatiladi.
Yashirin inflatsiya vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu narxlar
ustidan m a’muriy nazorat o'rnatishdir. Buning natijasida bozor mexa
nizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada o'zgarganligi darajasi
va davomiyligi davlat tom onidan olib boriladigan siyosatga hamda
tartibga solish shakliga bevosita bog‘liq bo'ladi. Ushbu inflatsiyaning
salbiy tomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi
oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan iqtiso-
diyotdagi muvozanatlik buzilishi va uning oqibatida inflatsiyani yuzaga
chiqishining quyidagi omillari mavjud:
— qog'oz pullarni emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning
mutloq monopoliyasi;
— davlat xarajatlarining ortishi;
- kasaba uyushmalari tomonidan budjet muassasalari ishchi-xo-
dimlarining ish haqlarini oshirish bo'yicha faoliyati;
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish sohasida
ayrim xo'jalik subyektlarining monopoliya (oligopoliya) holati mavjudligi.
Biz yuqorida ta ’kidlab o'tgan omillar nafaqat o'zaro bog'liq, balki
ular talab va taklifning o'sishi yoki pasayishiga turlicha ta ’sir ko'rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflatsiyaning yuzaga chiqish usullari quyidagi
turlarga ajratiladi: taklif inflatsiyasi, talab inflatsiyasi, xarajatlar infla-
tsiyasi, kredit inflatsiyasi, import bilan bog'liq bo'lgan inflatsiya va
kutilayotgan inflatsiya.
Taklif inflatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan
narx-navoning o'sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflatsiya turida monopol
holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalami
modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to'liq foydalanmaslik
oqibatida xarajatlar ortadi. Buning natijasida kam ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning narx-navosi ham oshib ketadi.
Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va
xo'jalik subyektlarining daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsu
lotlar, bajarilgan ishlar hamda ko'rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez
o'sadi. Odatda, talab inflatsiyasi ishchi kuchining to'liq ish bilan bandlik
holatida yuzaga chiqadi. Aholi daromadlarming tez sur’atda o'sishi
85
natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx-navo oshadi. Bunday
holatda talabning har qanday o‘sishi narx-navoning o ‘sishiga olib keladi.