129
bilimlarni izchil amalga oshirishga intilish
va bu bilimlarni mustaqil
toʻldira borish, ularni amalda qoʻllay olish malakasini tarbiyalashdan
iborat.
Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi -
oʻquvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni
toʻldiruvchi va chuqurlashtiruvchi
ona tilidan bilim, koʻnikma va
malakalarni shakllantirishdan iborat. Boshlangʻich sinflarda ona tilidan
“sinfdan tashqari ish” deyilganda oʻquvchilarning oʻqituvchi
rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan
bogʻliq boʻlgan material asosida ixtiyoriylik
tamoyiliga asoslangan
mashgʻulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlar oʻquv dasturi bilan chambarchas bogʻliq
boʻlib, unda koʻzda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda
yaqindan yordam beradi. Buning uchun oʻquvchilarda izlanuvchanlik
va ijodkorlik darajasiga koʻtarish talab qilinadi. Sinfdan tashqari ishlar
darslarining xususiyatlari, birinchidan,
sinfdan tashqari ishlar
tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, oʻquv
vazifalari va dastur
bilan, uchinchidan, oldinga qoʻyilgan tarbiyaviy vazifalar bilan,
toʻrtinchidan, oʻquvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin.
Uning
birinchi turiga rejadagi materiallarni oʻzlashtirishda orqada qoladigan
bolalar bilan ishlash tushunilsa, ikkinchi turi esa ona tilini oʻrganishga
qiziquvchi bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar kiradi.
Ma’lumki, birinchi turdagi mashgʻulotlar hozirgi kunda mamla-
katimizning barcha mamlakatlarida mavjud. Bunday mashgʻulotlarni
bilimlar darajasi bir-biriga yaqin 3-4 oʻquvchidan iborat kichik
guruhlarda haftada 1-2 marta oʻtkazish mumkin.
• - ona tili darslarida olgan bilim, koʻnikma va
malakalarini
takomillashtirish,
ona
tilining
fonetika, grammatika, morfemika, sintaksiz, soʻz
birikmasi, soʻz, gap kabi tushunchalari bilan
yaqindan tanishish, muntazam ravishda ona tiliga
muhabbatni uygʻotish va uni amalda toʻgʻri qoʻllay
oladigan ongli komil insonni tarbiyalashdir.
Sinfdan
tashqari
ishlarning
maqsadi
130
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda koʻproq ikkinchi turdagi
mashgʻulotlar nazarda tutiladi va ular asosan oʻz
oldiga quyidagi
maqsadlarni qoʻyadi: oʻquvchilarda ona tiliga va uning tatbiqlariga
qiziqish uygʻotish, oʻquvchilarning ona tilidan reja boʻyicha olgan
bilimlarini
kengaytirish, oʻquvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi
malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop
adabiyotlar bilan ishlashga
oʻrgatish, oʻquvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida
tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarning bir qismi
darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti
chegaralanganligi tufayli
qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari ishlar
darslari tashkil etilgan. Sinfdan tashqari ishlar 1-2-sinfda haftada 1
marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta oʻtkaziladi. Savod oʻrgatish
jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: