Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
edi. 
Begona odam Styopa hayratining avj olib, eng yuqori pardaga chiqishiga imkon bermay, epchillik 
bilan unga yarim qadah araq quydi. 
— O‘zingiz-chi? — deb chiyilladi Styopa. 
— Bajonu dil!! 
Styopa qaltiroq qo‘li bilan qadahni og‘ziga olib bordi, mehmon esa o‘z qadahidagi araqni bir 
qultum qilib yutib yubordi. Styopa ikra kavshab, gazak qilarkan, qiynalib zo‘rg‘a dedi: 
— Siz-chi?.. Gazakdan? 
— Minnatdorman, men hech qachon gazak qilmayman, — dedi begona odam va qadahlarga yana 
araq quydi. Kastryulning qopqog‘ini ochishdi — unda tomatga solingan sosiska bor edi. 
Mana, oxiri Styopaning ko‘z oldini to‘sgan la’nati yashil rang g‘oyib bo‘lib, tili kalimaga kela 
boshladi, eng muhimi, ba’zi bir narsalar uning esiga tushdi. Darhaqiqat, voqea kuni kecha Sxodnyada, 
sketchnavis Xustovning dala hovlisida bo‘lgan edi. Styopani u yerga o‘sha Xustovning o‘zi taksida 
olib borgan edi. Hatto o‘sha taksini «Metropol» oldida qanday yollashgani ham esiga tushdi, ular bilan 
birga yana qandaydir bir aktyor ham bormidiey... patefon ko‘tarib olgan. Ha, ha, to‘g‘ri, dala hovlida 
bo‘lgan edi bu! Yana esida, patefon ovoziga jo‘r bo‘lib itlar uv tortishgandi. Lekin Styopa o‘pmoqchi 
bo‘lgan xonim mavhumligicha qoldi... Tavba, kim bo‘ldiykin-a... radioda ishlaydi shekilli, ehtimol 
undaymasdir. 
Shu tariqa kechagi kun oz-ozdan oydinlasha boshladi, lekin hozir Styopani ko‘proq bugungi kun, 
xususan, bu notanish odamning qanday qilib u yotgan xonaga kirib qolgani, yana araq bilan gazakning 
qaerdan kelgani qiziqtirayotgan edi. Ana shu masalani aniqlab olsa yomon bo‘lmasdi-da! 
— Xo‘sh, qalay, endi eslagan bo‘lsangiz kerak familiyamni? 
Lekin Styopa xijolat bo‘lib tirjaydi va qo‘llarini yoydi. 
— Afsus! Sezib turibman, siz arakdan keyin portveyn ichibsiz! Axir bu yaxshi emas-ku, taqsirim! 
— Iltimos qilaman sizdan, shu gap o‘rtamizda qolsa... — dedi xushomad bilan Styopa. 
— O, albatta, albatta! Lekin turgan gapki, Xustov uchun kafolat bera olmayman. 
— Ie, siz Xustovni taniysizmi? 
— Kecha sizning kabinetingizda ko‘zim tushgan edi o‘sha nusxaga. Uning maraz, fitnachi, munofiq 
va laganbardor ekanligini tushunish uchun bir marta unga ko‘z qirini tashlashning o‘zi kifoya. 
«Juda to‘g‘ri gapirdi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Styopa, Xustovga berilgan bunday to‘g‘ri, aniq 
va lo‘nda ta’rifdan hayratga kelib. 
Ha, kechagi kun bo‘lak-bo‘lak xotiralardan tiklanayotgan edi, lekin shunda ham Varete direktori 
hamon bezovta edi. Negaki, mana shu kechagi kun xotiralarida ulkan qora o‘ra mavjud edi. Ya’ni 
mana shu beret kiygan notanish odamni, nima deb o‘ylasangiz ham, Styopa kecha o‘z kabinetida 
mutlaqo ko‘rmagan edi. 
Styopaning mushkul ahvolga tushib qolgaiini ko‘rgan mehmon jiddiy tarzda: 
— Sehrgarlik professori Voland, — deb o‘zini tanitdi va yuz bergan voqeani bir boshdan hikoya 
qilib berdi. 
Uning gapiga qaraganda, u Moskvaga chet eldan kecha kunduzi kelgan, kelgan zahoti Styopaning 
huzuriga borib, Varete teatrida gastrol berishni taklif qilgan. Styopa Moskva oblastining 
tomoshaxonalar bo‘yicha komissiyasiga telefon qilib, bu masalani kelishib olgan (Styopaning quti 
uchib, ko‘zlari pirillay boshladi), professor Voland bilan yetti kunlik tomoshaga tuzilgan shartnomaga 
imzo chekkan (Styopaning og‘zi lang ochilib qoldi), tomoshaning ayrim tafsi-lotlarini kelishib olish 
uchun Volandni bugun ertalab soat o‘nga uyiga taklif qilgan... Mana, Voland uning huzurida! 
U kelib uy xodimasi Grunyani uchratipti, xodima o‘zining kunda qatnab ishlashini, hozirgina kelib 
turganini, Berlioznipg uyda yo‘kdigini aytib, agar siz, mehmon, Stepan Bogdanovichni ko‘rmoqchi 
bo‘lsangiz, to‘g‘ri yotoqxonasiga kiravering, negaki Stepan Bogdanovichning uyqusi juda qattiq, uni 
uyg‘otishga qurbim yetmaydi, deb aytipti. Artist Stepan Bogdanovichning qanday ahvolda yotganini 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin