6.3. Iqtisodiy rivojlanishning asosiy indikatorlari
Barcha mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishni ko‗rsatuvchi asosiy ko‗rsatkich
bo‗lib, yalpi milliy mahsulot (YaMM) hisoblanadi. Chunki, YaMM mamlakatda bir
yil davomida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor baholaridagi
qiymatidir. Uning asosida milliy iqtisodiyotning qanchalik samarali faoliyat olib
borayotganligini aniqlash mumkin.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ni hisoblash usullarini o‗rganishdan oldin
makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko‗rsatkichlarga to‗xtalib o‗tamiz. Bu
ko‗rsatkichlarga:
- yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), milliy daromad
(MD);
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi,
inflyatsiyaning o‗sish sur‘atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
- aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning
jamg‗armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar kiradi.
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab
chiqarishda barcha qatnashuvchilar (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) va uy xo‗jaligi
faoliyatlari natijalari asosida aniqlanadi. Milliy hisoblar tizimiga ko‗ra asosiy
makroiqtisodiy ko‗rsatkich YaMM ko‗rsatkichi hisoblanadi va u iqtisodiyotda bir yil
davomida ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlar jami hajmining bozor bahosi
yig‗indisi orqali aniqlanadi.
Ma‘lumki, hisobot yilida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar ham
sotilmaydi, ularning ayrimlari zahirani to‗ldiradi. Zahiralarni to‗ldirishga ketgan har
qanday mahsulot YaMMni hisoblashda hisobga olinishi lozim. Chunki, YaMM
miqdori orqali sotilgan yoki sotilmaganidan qat‘iy nazar mahsulot joriy yilda ishlab
126
chiqarilgan mahsulot hisoblanadi. Shu munosabat bilan YaMM tushunchasi ma‘lum
darajada izoh talab qiladi.
Birinchidan, YaMM yillik ishlab chiqarishning bozor qiymati orqali o‗lchanadi
va pulda ifodalanuvchi ko‗rsatkich hisoblanadi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan har
xil mahsulotlar miqdorini solishtirish uchun ularning nisbiy qiymatini bilish lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish hajmini to‗g‗ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab
chiqarilgan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi bir marta hisobga olinish kerak.
Ko‗pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini
o‗taydi. Shu sababli YaMMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‗p marta hisobga
olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq
mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Pirovard mahsulot iste‘mol uchun sotib olinadigan tugal mahsulot (tovar va
xizmat) lardir.
Oraliq mahsulot deganda, qayta ishlash yoki sotish uchun sotib olingan tovar va
xizmatlar tushuniladi. YaMMda mahsulotlarning yakuniy sotish qiymati hisobga olinadi,
oraliq qiymat esa hisobga olinmaydi. Chunki, oraliq qiymat hisobga olinsa ayrim
mahsulotlar qiymati ko‗p marta hisobga olingan bo‗lar edi. Milliy daromadni
hisoblashda ikki yoqlama hisobga olmaslik uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni har
tomonlama o‗rganib chiqish va faqat, har bir firmada yaratilgan qo‗shilgan qiymatni
hisobga olish zarur. Qo‗shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosidan ularni
ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyo va materiallar qiymati ayirib tashlanib
topiladi.
Uchinchidan, YaMMga noishlab chiqarish bitimlari bo‗yicha tushumlar
qo‗shilmaydi. Noishlab chiqarish bitimlariga sof moliyaviy bitimlar va ishlatilgan
tovarlarni sotish kiradi.
Davlat byudjetidan transfert to‗lovlariga ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha to‗lovlar,
ishsizlarga va nafaqaxo‗rlarga, nogironlarga va kam daromadli oilalarga beriladigan
nafaqalar, talabalarga stipendiyalar kiradi. Davlat transfert to‗lovlarining asosiy
xususiyati shundaki, nafaqaxo‗rlar nafaqa evaziga davlatga hech narsa bermaydi.
127
Xususiy transfert to‗lovlariga masalan, talabalarga ota-onasi beradigan pul va
qarindosh urug‗lari beradigan bir martalik to‗lovlar kiradi.
Sotilgan qimmatli qog‗ozlar (aktsiya va obligatsiyalar) va ishlatilgan tovarlarni
sotish ham YaMM tarkibiga kiritilmaydi, chunki, bunday tovarlarni sotish joriy
ishlab chiqirashni bildirmaydi (3-jadval).
3-jadval.
YaMM ikki xil usulda - ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari bo‗yicha
aniqlash
Dostları ilə paylaş: |