O`zbekiston davlatchiligi tarixi


-Mavzu.Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So`g`diyona davlatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/76
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022

3-Mavzu.Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So`g`diyona davlatlari.
Reja
1. Qadimgi Baqtriya podsholigi
2. Qadimgi Xorazm davlati
3. Qadimgi Sug‘diyona
Tayanch so‘z va iboralar.
Avesto, Baqtriya, Jarqo‘ton, Erqo‘rg‘on, Kuchuktepa,
Qiziltepa, Xorazm va So`g`diyona
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-Sharqi, O‘zbekistonning janubi va
Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi,
Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib
o‘tiladi.
Zamonaviy
adabiyotlarda
uni
Baqtriya
deb
atash
e’tirof
etilgan(“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming
yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik
bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon
bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar
davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu
jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik
birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi.
A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga
xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara”
inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan
tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan
farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni
qadimgi Sharq dagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar etarli.
Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv
Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda,
milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya
hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana
boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida
ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi
jarayonlar bilan bog‘liq edi:
Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish.
Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.


20
Sharq iy Eron qabilalarining migratsiyasi.
Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I
madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati
davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan
belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar
ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta-Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy,
Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga
ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi.
Yuqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining
mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati
tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan
Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi
Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro
III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap
hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-
odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan.
Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi
yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida
qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam
poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas
boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi
Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular
orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari
hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit)
va la’li juda qadrlangan.
Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va
mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi
mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos
kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar
podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun,
Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida
bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari
bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar
davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
A.Sagdullaevning tadqiqotlariga ko‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar
qadimgi Yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf,
Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo‘lib, ular bu podsholikning


21
qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy
Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning
baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy
xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi
ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g‘arb tomondan Baqtriya
tekisligiga boradigan yo‘lni tog‘lar to‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o‘tib
borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho‘zilgan bo‘lib, Tanais uni
Evropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.
Gerodot o‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga
oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo‘yilgan
“Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. Yana bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani
“oriylar o‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va
arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya
ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib,
Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (Sho‘rtepa,
Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar
ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan
bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida
ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik
manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq
bu ko‘lam kengayib shimoli-Sharq iy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi
hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa,
Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, YAvansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.
E.V.Rtveladze Baqtriyadagi bu davrga oid tadqiqotlarni umumlashtirib, ushbu
hududlardagi aholi joylashuvining quyidagi o‘nta vohasini ajratadi:
Ulanbuloqsoy-Amudaryoning irmog‘i bo‘lgan Ulanbuloqsoy vohasini egallagan
bo‘lib, uning hududlarida Kuchuktepa va Dabilqo‘rg‘on joylashgan.
Sherobod-Amudaryoning irmog‘i bo‘lgan Sheroboddaryoning o‘rta oqimida
joylashgan. Bronza davrida o‘ng qirg‘oq Sheroboddaryoda manzilgohlar paydo
bo‘ladi va keyinchalik chap qirg‘oq hududlari o‘zlashtirilib vohaning chegarasi
Angorgacha cho‘ziladi.
Urgul (Bandixon)-Bandixonsoyning o‘rta oqimida joylashgan. Ilgarigi o‘ng
qirg‘oqdagi Bandixon I va II inqirozga uchrab, chap qirg‘oqda yangi manzilgoh –
G‘ozimullatepa I paydo bo‘ladi.
Halqajar-Surxondaryoning o‘ng irmog‘i Halqajar vohasi hudularini egallaydi.
Bronza davrida bu erdagi irmoqlar havzalari o‘zlashtirilgan bo‘lsa, milloddan avvalgi
VII asrdan boshlab daryoning chap qirg‘og‘ida manzilgohlar paydo bo‘ladi. Bu
vohadagi eng yirik yodgorlik Qiziltepa ko‘hna shahri hisoblanadi.


22
Yuqori Surhon-Surxondaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashgan bo‘lib bu
vohada ham ikkita manzilgoh aniqlangan. Ulardan biri Sherobodsoyning o‘ng
qirg‘og‘ida, ikkinchisi esa Dashnobodsoyning o‘rta oqimida joylashagan.
O‘rta Surxon-Surxondaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashgan bo‘lib, bu
vohadan ham ikkita manzilgoh-Hayitobodtepa va Bandixonsoyning Surxondaryoga
quyilishi joyida joylashgan Nomsiztepa aniqlangan.
Amudaryo-Termizdan Boldirgacha bo‘lgan Amudaryoning o‘rta oqimi
havzasida joylashagan. Bu vohada Termizning pastki qatlamlari va Kampirtepadagi
0,5 km. g‘arbda joylashgan Nomsiztepa milloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga
oiddir.
Vaxsh – Yavan – Vaxsh va Yavansuv daryolarining o‘rta oqimida joylashagan.
Bu vohadan uchta manzilgoh – Tomoshatepa, Boldaytepa va Sho‘rchi yaqinidan
Nomsiztepa aniqlangan.
Quyi Kofirnihon – Kofirnihon daryosining quyi oqimlarini egallaydi. Bu
vohadan uchta – Qalaimir, Munchoqtepa va Xirmontepa manzilgohlari aniqlangan.
Boytudasht-Panj vohasining yuqori qismidagi Boytudasht mavzesida joylashgan. Bu
vohadan unchalik katta bo‘lmagan sakkizta manzilgoh aniqlangan.
Shunday qilib, milloddan avvalgi I ming yilikning o‘rtalariga kelib qadimgi
O‘zbekistonning janubida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq ko‘plab
o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan vohalarning har biri ma’lum
hududiy-siyosiy birlashmani tashkil etgan bo‘lib, o‘z nomiga, ma’muriy markazlariga,
yirik shaharlariga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Misol uchun, Surxondaryodagi
Qiziltepa ko‘hna shahri atrofida to‘rtburchak shaklda qurilgan qadimgi uy-qo‘rg‘onlari
(Qizilcha) 3-4 ta qo‘shni uylardan iborat bo‘lib, alohida joylashgan qishloq jamoasini
tashkil etganlar. Har bir katta oila jamoasini ma’lum uy-joy, chorva va erga egalik
qilib, ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan. Qishloq jamoalarining hududiy,
iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvdan
tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
Milloddan avvalgi VII-VI asrlar Baqtriya jamiyatida hududiy bo‘linish
shakllanib, alohining o‘troqlashuv jarayonlari yanada kuchayadi. Ko‘hna shaharlar
qishloq xo‘jalik atroflariga ega bo‘lib, qal’alar paydo bo‘ladi, muhim savdo yo‘llari
bo‘ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda mudofaa
inshootlarining ahamiyati etakchi o‘rin egallaydi.
O‘rta Osiyodagi yana bir yirik davlat uyushmasi-Qadimgi Xorazm davlati
hisoblanadi. “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi bo‘yicha o‘zbekistonlik
va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman tadqiqotlar olib borgan bo‘lsalarda bu masalalar
hamon tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab bo‘lib kelmoqda. Avesto va
Yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil etadi. Undan
tashqari, o‘tgan asrning 50-60 - yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan


23
arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy
materiallar berdi.
Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan
(X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta
Sharq ning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq SHimolni bevosita bog‘lovchi
xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari
qadimgi Xorazm erlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, SHimol va
Janubdan ta’sir qabul qilib,
yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar
madaniyati edi.
Ularning urug‘ jamoalari yarim erto‘la uy -joylarda istiqomat qilib motiga
dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi
sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi
O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona) dagi qabilalarga nisbatan
ancha orqada edi.
Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo quyi
havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bo‘lib,irrigatsiya xususiyati
ibtidoiy urug‘-qabilachilik an’analarini saqlab qolgan aholi jamiyatiga xos edi. O‘rta
Osiyoning Janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq vaqt beqaror
suv oqimi sharoitida, noqo‘lay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan. Qadimgi
yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning qiyosiy tahliliga
ko‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bo‘lishigan asos bo‘lgan ilk
shaharsozlik madaniyati sohiblari-Xorazmiylar ko‘chib kelgach tarkib topdi va
rivojlandi.
“Xorazm” atamasining kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar mavjud.
Olimlarning katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, - zamni
hind-evropa tillariga mansub – zemo – er, o‘lka, mamlakat ma’nosini beradi degan
xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikrlaridagi
yakdillik yo‘qoladi va u turlicha – “Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor er”
(E.Byurnuf, E.Zaxau, U.Geyger, U.Tomashek), “Go‘zal mamlakat” (F.YUsti),
“Unumsiz, yomon er” (F.SHpigel), “Pastlik er” (P.Lerx, N.Veselovskiy, X.Klipert),
“Quyoshli yoki Sharq iy o‘lka” (S.Tolstov, P.Savelev, F.Sulaymonova), “Sharq iy
zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mo‘minov) tarzida talqin etiladi.
Yana bir guruh olimlar “Xorazm” atamasi uch leksima asosida (Uvarizami, u –
“yaxshi”+ vara – “qal’a”,”qo‘rg‘on”+zimi-“er”) paydo bo‘lgan deb hisoblab, mazkur
tarixiy atamaning ma’nosini “yaxshi qo‘rali er”, “Ajoyib qal’ali o‘lka” yoki
“Mustahkam qo‘rg‘onli diyor”(Bogolyubov, A.Muhammadjonov) tarjima qiladilar.
So‘ngi tadqiqodlarda “Xorazm” atamasining o‘zagi qadimgi turkiy asoslarga ega
bo‘lishi mumkin degan fikrlar ilgari surilib (“Xuar” (“Suvar”) – “suv”(“xu”) – suv,


24
“Ar”-er, odam, “m”- birinchi shaxs qo‘shimchasi) va u “Suv(daryo) odamlari” yoki
“suv egalari” (M.Zakiev, Sh.Kamoliddin, O‘.Nosirov) deb tarjima qilingan.
Olimlarning ta’kidlashicha, Avestoda tilga olingan Aryoshayona yoki Aryanam
Vaychax shu manbada eslatilgan Kavi Vishtaspning podsholigi bo‘lib, milloddan
avvalgi IX-VIII asrlarda Drang‘iyona, Satagadiya, Ariya, Marg‘yona va
Amudaryoning o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb tadqoqtchilari
V.Xenning va I.Gershevichlar Avestodagi Kavi Vishtapsning davlati Marv va Xirot
atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaydilar. “Katta Xorazm” muammosi
Gerodot ma’lumotlaridan boshlangan. U “Tarix” asarining uchinchi kitobida
quyidagicha ma’lumot beradi: “Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan
o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib turadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorasmiylarga
tegishli bo‘lib, xorasmiylar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarga chegaradosh
erlarda joylashgan. Vodiyni o‘rab turgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi”.
Gerodotdan sal oldinroq yashab o‘tgan Gekatey parfiyaliklarning Sharq iy tomonida
joylashgan “Xorasmiya”ni, “bir qismi tekisliklarda, bir qismi tog‘larda yashovchi
xorazmliklarni” eslatib o‘tadi. Tadqiqotchi V.A.Livщits ham bu “Katta Xorazm”ni
Marv va Hirotning to‘rtta rayoniga joylashtiradi. Agar “Katta Xorazm” davlati Marv
va Hirot atroflarida joylashgan taxmin rost bo‘lsa, A.S.Sagdullaevning fikricha, bu
davlat forslar podshosi Kir II tamonidan bo‘ysundirilganidan so‘ng xorasmiylar Quyi
Amudaryoning Xorazm hududlariga ko‘chib borganlar deb faraz qilinadi. Ushbu
nazariyaga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asr qadimgi forslar xorasmiylarni janubdan
quyi Amudaryo erlariga siqib chiqargan.
Qadimgi Xorazm xo‘jalik tartibining tuzilishi janubiy hududlardagi sug‘orish
tizimini eslatsa-da, o‘lchamlari jihatdan ancha kichik. M.A.Itinaning fikricha, bu
davrda urug‘doshlarning qishloqlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan manzilgohlarning
maydonlari kengayganligi ko‘zatiladi. Bu manzilgohlarda katta oilalar yashagan bo‘lib,
ular bir vaqtning o‘zida xo‘jalik vazifalari, jumladan, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va
rivojlantirish bilan shug‘ullanganlar.
So‘nggi bronza davrida ham qadimgi Xorazm xo‘jaligining muhim
tarmoqlaridan biri chorvachilik xo‘jaligi edi. Bu davrga oid makonlardan juda ko‘plab
turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topib o‘rganilgan. CHorvachilik xo‘jaligida ot
asosiy o‘rinda bo‘lib ulardan yuk tashish va safarga chiqishda foydalanilgan. Ayrim
manzilgohlardan ot anjomlarining topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Bu o‘rinda
ta’kidlash joizki, olimlar orasida massaget qabilalari totemlarida ot kulti markaziy
o‘rinda turishi haqidagi fikrlar ham bor.
O‘troq dehqonchilik qabilalarining chorvachiligi uy chorvachiligi xususiyatiga
ega edi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib
Orol bo‘yidagi xo‘jaligi asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan qabilalar


25
o‘rtasida farqlar shakllana boshlaydi. Mil. avv. VII-VI asrlarga kelib esa, ular
madaniyati o‘rtasidagi farqlanish yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Fikrimizcha, aynan mana shu davrdan boshlab, Sharq iy Orol bo‘yida yarim
ko‘chmanchi chorvador xo‘jalik madaniy shakli ustunlik qilgan bo‘lsa, Amudaryoning
janubiy o‘zanlarida esa yuqori darajadagi sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq
dehqonchilik xo‘jaliklarining ahamiyati ortib boradi.
Mil. avv. I ming yillikning ikkinchi choragiga kelib Orol bo‘yida
hunarmandchilik ajralib chiqishining dastlabki belgilari ko‘zatiladi. Ortiqcha
mahsulotning ko‘payishi esa mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar
yaratadi.
Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga kelib qadimgi Xorazm hududlarida
sug‘orma dehqonchilikning taraqqiy etishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi natijasida ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘rniga davlatchilik tizimi
shakllana boshlaydi. Ushbu tizimning shakllanishida qadimgi shaharlarning ahamiyati
nihoyatda katta bo‘ldi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qadimgi Xorazm shaharlarining
rejaviy uslublari – ichki va tashqi tuzilishi, himoya inshootlari, tabiiy joylashuvi nuqtai
nazaridan ko‘p hollarda bir-biri bilan o‘xshashlik topadi.
Tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan Xorazmning eng qadimgi shahar-
qal’alaridan biri bo‘lgan Ko‘zaliqirning quyi madaniy qatlamlarini S.P.Tolstov mil.avv
VII-VI asrlar bilan, V. Masson esa mil. avv. V-IV asrlar boshlari bilan belgilagan
edi.So‘ngi tadqiqotlarda esa Ko‘zaliqirda hayot butun mil.avvVI va V asrning birinchi
yarmida mavjud bulgan degan xulosalar ustunlik qilmoqda.
Ko‘zaliqir qadimgi Xorazmdagi dastlabki tuzilishi ancha aniq bo‘lgan, himoya
devorlari bilan o‘rab olinib diniy-topinish xususiyatiga ega bo‘lgan me’moriy
yodgorlikni o‘zida aks ettiradi. Uning atroflaridagi keng maydon, aftidan keyingi
qurilishlarga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, mil. avv. VI-V asrlarga
kelib O‘rta Osiyo shaharsozlik madaniyatida ibodatxonalar qurilishi muhim bo‘lib,
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ko‘zaliqir O‘rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi
vohaning mustahkamlangan harbiy-siyosiy va ma’muriy markazi hisoblanib,
rivojlangan sug‘orma dehqonchilik bilan ta’minlangan edi.
S.Tolstov Amudaryoning quyi havzalari “Katta Xorazm” tarkibiga kirganligi
haqidagi konsepsiyani ilgari surib, Xorazmda mil.avv VIII-VII asrlarda dastlab
qabilalarning harbiy konfederatsiyasi paydo bo‘lib, undan davlat uyushmasi o‘sib
chiqdi degan fikrga kelgan bo‘lsa, V.Masson bu fikrga qarshi chiqib, arxeologik
materiallar tahlili Xorazmda Ahamoniylarga qadar markazlashgan davlat tashkil
topganligini tasdiqlamaydi, degan fikrga keldi.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga tayangan V.T.Vorobeva, o‘tgan asrning 70-
yillarida “Katta Xorazm”ning janubiy chegarasi Amudaryoning o‘rta havzalari
(Qo‘shqal’a, Odoytepa atroflari)dan o‘tgan va uning shimoliy chegaralari


26
Amudaryoning quyi havzalarini qamrab olganligi hamda qadimgi Xorazm davlati
“Katta Xorazm” davlat konfederatsiyasining tarkibiga kirganligi haqidagi g‘oyani
ilgari surdi. B.Vaynberg va S.Baratovlar ham V.Vorobeva g‘oyalariga yaqin fikr
bildirganlar.
R.Fray “Katta Xorazm” davlatining hududi Marv – Hirot atroflarini qamrab olib,
Ahamoniylar bosqinidan so‘ng bu hudud aholisi Oks (Amudaryo)ning shimoliga
ko‘chganligi haqida fikr bildirgan bo‘lsa, I.Xlopin va I.Pyankovlar Xorazmdagi
ahamoniylargacha bo‘lgan davlatchilikni inkor etadilar. A.Asqarov esa,
xorasmiylarning Tajan (gerirud) va Xilmend daryolari havzalaridan shimolga, quyi
Amudaryo havzalariga ko‘chishi mil.avv VI asrda ro‘y bergan bo‘lib, “Katta Xorazm”
davlati konfederatsiyasining shimoliy chegarasi Amudaryoning o‘rta chegarasigacha
bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olganligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mil.avv. V-IV asrlarda Xorazm va unga qo‘shni
bo‘lgan hududlarni urbanizatsiya jarayonlari qamrab olgan edi. Natijada bu hududlarda
tarixiy-madaniy dehqonchilik vohalari paydo bo‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi
edi. Mil.avv. VI asrdan boshlab esa hozirgi Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib u
qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlaridan birga aylanib bordi.
Ilk temir davri O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin
egallagan Sug‘diyona o‘lkasi turli qadimgi manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona
nomlari ostida eslatib o‘tiladi. Bu nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi
haqida hozirchi aniq fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V.Tomashek) bu nomni eroncha
“SUS” – “yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa, ayrimlari
(O.Smirnova) bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar o‘lkasi” degan ma’noni
beradi deb hisoblaydilar. Avestoning YAsht kitobida tilga olingan “Sug‘d makoni
Gava” – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi
ma’lumotlarga ko‘ra (A.Sagdullaev), Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo
vohasi bilan bog‘lanadi. Bu so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib
saqlangan (Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar).
Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand,
Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) o‘z ichiga oluvchi
Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli
kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda ko‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida
Sug‘da. Gerodot esa Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap
o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida jangchi –
sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan. Ammo tarixchi Sug‘d
shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida bizga hech qanday
ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari Sug‘diyona haqida asosan rasmiy
darajada e’lon qiladilar va turli xil tarixiy muammolarni o‘rganishda ulardan


27
foydalanish og‘ir kechadi. Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida
ma’lumotlar yo‘q.
Aleksandr Makedonskiy davri va so‘nggi Yunon-rim tarixshunoslari asarlarida
tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda,
viloyatlar, qal’alar – Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi, Basileya – “podsho shahri”,
Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular jumlasidandir.
Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish mumkin. Dastavval, mill. avv.
IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun
foydalangan asosiy erlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq
ko‘rinadi. Ammo, bu jarayonning tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, o‘troq
vohalarining paydo bo‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi
yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Qadimgi viloyatlarning joylashuv hududlari anchagina muammoli masala bo‘lib,
tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga
(jumladan, Sug‘diyonaga ham) ko‘chmanchilarning hujumi-bu hududlarda davlat
uyushmalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi.
Ilk temir davri Sug‘diyonada, alohida hududiy tartib guruhida bo‘lib markaz
vazifasini bajargan bir necha manzilgohlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5
gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman – voha markazi vazifasini bajaruvchi
markazlar – Daratepa, Konimex, CHordara; maydoni 20 gektardan 80 gektargacha
bo‘lgan viloyat markazlari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan shaharlar – O‘zunqir,
Erqurg‘on, Xo‘ja Bo‘ston; bir necha viloyatlar markazi vazifasini bajaruvchi shaharlar
– Afrosiyob (Maroqanda) va Buxoro kabilardir.
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muassasalari yirik
manzilgohlar ichida markazlashib boradi. Bu manzarani Afrosiyob topilmalari
tasdiqlaydi. Bunday manzilgohlar asta – sekinlik bilan hunarmandchilik, savdo va
madaniy markazlarga aylanib boradi. Bu jarayonda qadimgi yo‘llar nihoyatda katta
ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, O‘zunqir,
Erqurg‘on kabi ko‘hna shaharlar O‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlardan keluvchi
yo‘llar ustida joylashgan.
Sh.Odilov, G‘arbiy Sug‘dda mil. avv. VI-V asrlardagi qishloqlar paydo
bo‘lishini O‘rta Amudaryo tomonidan aholining kirib kelishi bilan bog‘laydi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoda davlatchilik tarixining boshlanishi janubiy
hududlarda boshlanib markaziy va shimoliy hududlarga yoyilgan deb hisoblanadi.
Arxeologik manbalarning ma’lumot berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarga kelib
O‘rta Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
munosabatlar
anchagina murakkablashadi. Bu o‘rinda Qadimgi Baqtriya ma’lumotlarini keltirib
o‘tish joizdir.


28
Agar Midiya saltanatining Sharq iy chegaralari SHimoliy Parfiya va Ariyani o‘z
ichiga olganligini hisobga oladigan bo‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf
tug‘dirishi aniq edi va yana bir harbiy hujum havfi shimoldagi ko‘chmanchi qabilalar
bo‘lib, bu holat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.
Kir II ning O‘rta Osiyoga yurishi-Ahamoniylarning Baqtriya va sak-massaget
uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bo‘lganligining dalilidir. Forslar O‘rta Osiyo
janubiy vloyatlarini bosib olganlaridan keyingina, ya’ni, mil.avv. 530 yilda sak –
masagetlar ustiga yurish boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy –
siyosiy uyushmasi tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham
kirgan edi.
Bizning fikrimizcha, O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat uyushmalarining paydo
bo‘lishida harbiy-siyosiy omillardan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham katta
ahamiyatga ega edi. CHunki, siyosiy jihatdan shakllangan davlat yoki uyushma
iqtisodiyotsiz taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila olmaydi.
Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, Qiziltepa
(Surxondaryo), YOztepa (Turkmaniston), O‘zunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo),
AfrOsiyob, Ko‘ktepa (Samarqand) kabi ko‘hna shahar va manzilgohlar sopol
buyumlari va qurilish usullari bir-biriga nihoyatda o‘hshash ekanligining guvohi
bo‘lamiz. Ammo, Erqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, YOztepadan topilgan mil. avv.
IX-VII asrlarga oid buyumlarga o‘xshash buyumlar Xorazm hududlaridan shu paytga
qadar topilmagan.
Demak, qurilish usullari va moddiy madaniyatdagi o‘zaro o‘xshashlik, mil. avv.
I ming yillikning boshlari Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlari o‘rtasida
hech bo‘lmaganda etnik tarixiy – madaniy birlik mavjud bo‘lganligidan dalolat berib,
bu o‘xshashlik savdo-sotiq munosabatlari, o‘zaro almashinuv va qadimgi savdo-
tranzit yo‘llariga ham bog‘liq edi. Mil. avv. VI asrga kelib esa, Xorazm mustaqil
davlat sifatida tashkil topadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, o‘zaro almashinuvda
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xorazmdagi ilk temir davri savdo-tranzit yo‘llari voha
ichidagi ichki yoki ikkinchi darajadagi yo‘llar vazifasini o‘tar edi. Asosiy savdo
yo‘llari esa Baqtriyadan Janubiy Sug‘d (Qashqadaryo), Markaziy Sug‘d (Samarqand)
orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga o‘tib ketardi.
Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dehqonchilikning
rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq O‘rta
Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Bu
jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, YAqin Sharq dagi yuqori darajada
rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning
rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan
bo‘ladigan tashqi ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi
mumkin edi.


29
Turli qadimgi manbalarda Sug‘diyona nomi tilga olinsa ham, alohida davlat
sifatida eslatilmaydi. Bu hol tadqiqotchilarning turli bahslariga sabab bo‘lishiga
qaramasdan, arxeologik tadqiqotlar bu masalaga ko‘pgina aniqliklar kiritadi. Darslik
muallifi bu tadqiqotlarni tahlil qilib va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirib shunday
hulosa chiqaradi.:
Mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid tarixiy – madaniy yodgorliklar
Sug‘diyona hududlarida davlatchilik
tarixi aynan mana shu davrdan
boshlanganligidan dalolat beradi;
Sug‘diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bo‘lgan tashqi ta’sir, balki,
ichki omillar imkoniyatlarining ham ahamiyati katta bo‘ldi;
Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sug‘diyona Baqtriya davlati
doirasida nafaqat siyosiy, balki etnik-madaniy birlikni tashkil etardi. Qurilish usullari ,
me’morchilik san’ati va moddiy madaniyatdagi o‘xshashlik fikrimiz dalilidir. Zero,
bunday o‘xshashlik iqtisodiy, madaniy munosabatlar hamda siyosiy birlik asosida
paydo bo‘lishi mumkin edi;
Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlarda Sug‘diyona mustaqil
davlat sifatida mavjud bo‘lib, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanadi
rivojlantiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin