Ijtimoiy antropologiya



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/105
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162393
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Ijtimoiy antropologiya

tomonidan
yaratilgan mustaqil madaniyatlar manbai ham 
mavjud. Insonning ideal dunyosi – bu uzluksiz harakat shaklining benihoya 
rang-barangligi, murakkab me’yor, munosabatlar darajasiga ega bo’lgan 
obrazlar rivoji va vazifasi, tiplarning voqelik bilan aloqasidir.
Ma’naviy faoliyatning turli shakllari mavjud, biroq, ularning barchasi ilk 
butunlik elementlari bo’lib qoladi. Fan, din, falsafa, san’at, axloq, huquq, 
siyosat, mafkura, milliy o’zlik ma’naviy madaniyatning aniq shakllari 
hisoblanadi. Alohida shakldagi ma’naviyatning xususiyati maxsus tuzilish va 
ma’lum vazifalar majmuidan iborat, har birining o’ziga xosligida ifodalanadi. 
Ma’naviy madaniyatning ayrim shakllari (fan, san’at) faoliyatning barcha turlari 
qorishib ketadi. Madaniyatdagi hayratlanarli funktsional haqqoniylik shuki, 
unda hech bir ortiqcha, shunchaki narsa yo’q, barcha madaniyat hodisasi o’zaro 
foydali umumiy aloqadorlikda kechadi. Tadqiqotchilar madaniyatining turli 
funktsiyalarini ko’rsatadilar. Jumladan: 
Olamni o’zlashtirish va qayta o’zgartirish; 
bunda mavjud narsalarning 
jismoniy talablarini, shuningdek ijoddagi hayotiy talablarni qondirish zarurati 
bilan bog’liq.
Himoya-moslashuv vazifasi; 
jamiyat va atrof muhit o’rtasidagi 
muvofiqlikni saqlash. Ushbu funktsiya uzoq vaqt qiyin tabiiy sharoitlarda barcha 
yangi himoya vositalarini ishlab chiqishda va ko’niktirishda (olov, turar joy, 
kiyim, dehqonchilik va hok.) odamning omon qolishini ta’minlaydi. Keyingi 
vaqtlarda o’ta jiddiy bo’lib turgan muammo tabiatni himoya qiluvchi vositalarni 
yaratish, bunda ekologik tafakkurning keng ko’lamda yoyilishini amalga 
oshirish zarur. 
Signifikativ funktsiya 
(belgilash, ro’yxatga olish mazmunida):-mazmun, 
ma’no, nom, belgilar ko’lamini ishlab chiqish vositasida dunyoning qiyofasida, 
voqelikni belgi tizimining yaratilishi. Sezgilar ham, tashqi idrok ham, na 
shuurning bevosita kechinmalar holidagi yig’indisi ham yo’nalishni aniqlash 
tizimini insonga ta’minlab bermaydi. Bu vazifani ma’lumotlarni o’zida 
saqlamasdan, nazariy modellar va axborotlar bilimini to’plashni vujudga 
keltirish uchun faqat material bo’lib xizmat qiluvchi mazmun beradi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin