123
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni
sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish
masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va
transportda saqlanishi mumkin.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “O’zstandart” agentligi o‘rnatgan
muddatda amalga oshiriladi.
Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari
1 kundan 5 kungacha
Yengil sanoat mahsulotlari
5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta
ishlashdan boshqa)
10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari
5-15 kungacha
Mashinasozlik mahsulotlari
10 kungacha
Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
15 kungacha
O‘lchash vositalari
5-30 kungacha
Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda,
sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.
Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi
to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini
bo’zilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida
sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari
bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga
asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti
tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi,
ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga
muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan
muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.
Dostları ilə paylaş: