Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


-AMALY MASHG’ULOT. (SI) XALQARO BIRLIKLAR TIZIMINI



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

2-AMALY MASHG’ULOT. (SI) XALQARO BIRLIKLAR TIZIMINI 
O’RGANISH
Ishdan maqsad:
(SI) Xalqaro birliklar tizimini o’rganish 
to’g’risida ko’nikma va 
malakalarni shakillantirish 
 
Nazariy ma’lumotlar
Muayyan obektni tavsiflovchi kattalik shu obekt uchun xos bo‘lgan miqdor 
tavsifiga ega ekan, bu kabi obektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana 
shu 
miqdor 
tavsiflariga 
ko‘ra 
tafovutlanadi. 
Buning 
uchun 
esa 
solishtirilayotganda obektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga 
solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga 
kattalikning birligi deb nom berilgan. 
Ko‘rilayotgan fizikaviy obektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi 
bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o‘lchami”, “massa 
o‘lchami”, “sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”, 
“massasi”, “sifat ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham 
texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-
biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 10
5
mg, 10
-4
t - bir o‘lchamni 3 xil 
ko‘rinishda ifodalanishi bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan,
“massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning 
o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim. 
Kattalikning o‘lchami

Ayrim olingan moddiy obekt, tizim, hodisa yoki 
jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi. 
Kattalikning qiymati
 - 
qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan 
kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli 
qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka 
farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan qancha birlik katta 
(kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni 
o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan 
ma’noni anglashimiz lozim: 
Q = q[Q]. 
Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan 
bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr 
bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati 
bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin