13 va 14 amaliy mashg`ulot. Mavzu: burchakli o’rtalik birikmalar tayyorlash texnologiyasi. Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar texnologiyasi. (4 soat)



Yüklə 23,4 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü23,4 Kb.
#162467
13 va 14 amaliy mashg`ulot. Mavzu burchakli o’rtalik birikmalar




13 va 14 - AMALIY MASHG`ULOT. 
MAVZU: BURCHAKLI O’RTALIK BIRIKMALAR TAYYORLASH 
TEXNOLOGIYASI. QULOQCHA VA TURUMLI O’RTALIK 
BIRIKMALAR TEXNOLOGIYASI. (4 soat). 
Shakllantiriladigan bilimlar: Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar 
texnologiyasi. O’rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar, asboblar 
va moslamalar tavsifi. Ish uslubini ko’rsatish, tushuntirish. Yaroqsizlik turlari va 
ularning oldini olish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil 
qilish. Bajariladigan ishning turiga qarab o’yuvchi asboblarni tanlash. Berk tishlarni 
o’yish. Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloq va turumlar o’lchamini olish, 
o’rtalik birikmalarni bir tirnoqli berk va qaldirg`och quyruq shaklidagi berk 
birikmalar ishlash. 
 
 
 
Ishdan maqsad: Ko`p tirnoqli birikmalar, berk teshiklar o’yish, quloqcha va 
turumlarni rejalash, o’rtalik birikmalarni bir-biriga moslash. sandiq bog`lash, 
yashik simon ko`p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalar yordamida buyum 
tayyorlash. 
Jihozlar, asbob va moslamalar: Millimetrli o`lchov chiziqli, qalam, porsi 
guniya, duradgorlik guniyasi, xatkash, xar xil tirnoq andozalari. Arralash, randalash, 
parmalash va o`yish asboblari va yog`och bolg`a va h.k. 
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Burchakli ko’p tirnoqli birikmalarni rejalash 
va birbiriga moslash. 

Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma: 

Tayyorlanadigan buyumni texnologik xaritasini tuzish. 

Tayyorlanadigan buyumlarga mos materiallar tanlab olish (archa, qarag’ay, 
eman, tog’ teragi, sada, chinor va boshqalar). 

Randalash uchun quyum qoldirib undan materiall arralab olish 

Texnologik karta asosida 1 uzunlikdagi, eni a, qalinligi h bo`lgan brusoklar 
tayyorlanadi. 

Brusoklarni uchida ma’lum o`lchamda tirnoq, quloq va uzunligini rejalash. 



Tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun o’yish ishlarini 
bajarish. 

Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-biriga kiritish va birikma hosil qilish. 

Birikmani jipsligini ta’minlash. 

Birikmalarni mix, shurup va yelimlar yordamida biriktirish. 

Birikmalarni pardozlab sifatini yaxshilash. 
Tayyorlanadigan buyumlar: Yasaladigan buyumlar: kitob javoni, quticha, mix 
yashigi, oshxona yoki yotoqxona stoli. 
Nazorat uchun savollar: 
1.Yashiqsimon ko’p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalarni tyyorlashda 
xafsizlik texnikasi qoidalari 
2.Burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullarini aytingq 
3.Tayyorlangan buyumlarga qo’yiladigan talablarq 
Mustaqil ta’lim uchun topshiriq: Duradgorlik birikmalari to’g’risida texnik 
ma’lumotlar. Turumli birikma haqida texnik ma’lumot olish. Porsi tirnoq birikmali 
buyumlar yasash texnologiyasini o’rganish. Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan 
burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullari haqida. 
BIRIKTIRISH VA MAXKAMLASH BUYUMLARI 
 
Duradgorlik buyumlari tayyorlashda detal va qismlarni biriktirishda har xil 
mixlar ishlatiladi. Ishlatilishiga ko‘ra gul qog‘oz mixlari va qurilish mixlari bo‘ladi. 
Gul qog‘oz mixlari ( rasm, a) qalpoqli, qisqa o‘lchamli, o‘tkir uchli bo‘lib, gul 
qog‘ozlar, klenka, mato, faner va yupqa detallarni mixlashda ishlatiladi. 
Qurilish mixlari (rasm, b) duradgorlik va qurilish detallarini biriktirishda
ishlatiladi. 
Ishlatilishiga qarab mixlarning sterjenlari va qalpoq.lari har xil shaklda 
tayyorlanadi. 
Kvadrat sterjenli :qurilish mixlarining sug‘urilishga qarshiligi yuqori Do‘lib, 
puxta birikma hosil qilish imkonini beradi. Ular yumshoq yog‘ochlarni
biriktirishda ishlatiladi. 
Burama mixlar (rasm) yog‘och qismlarni biriktirishda, yog‘och qismlarga har 
xil dastalar, shpingalet, oshiq-moshiq kabilarni o‘rnatishda ishlatiladi. Burama 
mixlarning diametri 1,5 dan 10 mm gacha, uzunligi 6 dan 120 mm gacha 
tayyorlanib, uzunligining 0,5-0,6 qismigacha rezba chiqariladi. Burama mixlarni 
bolg‘alab o‘rnatishga ruxsat etilmaydi. Bolg‘alab o‘rnatish bilan puxta birikma hosil 
qilish mumkin emas. Uzun ulchamli burama mixlarni o‘rnatishda uch qismini 
bolg‘alab yog‘ochga kiritib, qolgan qismini otvyortka bilan burab kiritiladi. Qisqa 
o‘lchamli burama mixlarni o‘rnatishda mix o‘rnya bigiz bilan o‘yib olinadi. 
Boltlar (rasm, a) qismlarga ajraladigan buyum detallarini yig‘ishda, egri detalli 
mebel qismlarini biriktirishda ishlatiladi. Ba’zi hollarda boltli birikmalar 
kontrgayka! yordamida qotiriladi (rasm, b). Boltli birikmalarda bolt kallagi va 


gaykalarning yog‘och sirtini ezib, shilib qo‘yishidan saqlash maqsadida har xil 
shakldagi shaybalar ( rasm, v) ishlatiladi. Qismlarni biriktirish „a birikmaning 
puxtaligini oshirish maqsadida har xil po‘lat burchaklardan ham foydalaniladi
( rasm). 
Qurilish va inshootlarda yog‘och qismlarini bir-biriga puxta, ajralmaydigan 
qilib biriktirishda changaklar ham ishlatiladi ( rasm). Changaklar yumaloq va 
kvadrat kesimli po‘latlardan tayyorlanadi. 
Darvoza, eshik, rom qanotlari, fortochkalarni o‘rnatishda ajraladigan va aj-
ralmaydigan oshiqmoshiqlar ishlatiladi ( rasm). 
1-rasm Mixlar: 
a — gul qoroz mixlari; b — qurilish mixlari
2-rasm. Burama mixlar 
a - mix kallaklari; 1-maxfiy; 2- yarim maxfiy; 3-yarim yumaloh; 
b -'burama mixlarning o‘lchamlari. 


 
 
Burchaklar 
 
Changaklar: a -to’g‘ri; b –burchak shaklidagi; v-teskari; 



Yüklə 23,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin