Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ifodalanadigan mazmuniy munosabatning tabiatiga ko‘ra to‘ldiruvchi
ergash gapli qo‘shma gaplarning ham ikki ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni, bir havola
bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa tutdilar. (Abdulla Qahhor)
Kimki bo‘sa dilozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol)
Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda havola
bo‘lak bosh gap tarkibida keladi. Bu havola bo‘lak ko‘pincha
shu olmoshi orqali
ifodalanadi. Masalan:
Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa tutdilar. (Abdulla Qahhor) gapida havola bo‘lak vositasiz
to‘ldiruvchi vazifasida kelib, mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ
voqeaga ishora qiladi. N. Mahmudovning fikricha, bu qo‘shma gapda faqat bitta
denotativ voqea ifodalangan, ikkinchi “voqea” esa bu voqeani tasvirlovchi
modusdir. Modusning alohida ta’kidni idodalash zarurati mazkur voqea ifodasi
uchun sodda gap emas, balki qo‘shma gap shaklining tanlanishiga olib kelgan.
Mazkur qo‘shma gapning mazmuni esa denotativ voqea bilan modus voqea
o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Agar modusni ta’kidli ifodalashga zaruriyat
bo‘lmasa, denotativ voqea ifodasi modus voqea ifodasining ichiga shaklan
kiritiladi va sodda gapga aylanadi
27
. Demak, tahlil etilgan gap aslida “Ahmadjon
faqat nemislarning bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutganligini biladi”
tarzida bo‘lib, tildagi ortiqchalik tamoyili asosida tuzilgan. Natijada N. Mahmudov
ta’kidlanganidek, mazkur qo‘shma gapda ham mazmuniy – funksional, ham
mazmuniy – sintaksis nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi
ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak to‘ldiruvchi vazifasida faqat bosh
gapda mavjud bo‘ladi va u asosan shu olmoshi orqali ifodalanadi. Bu havola so‘z