47
ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash to‘g’ri bo‘lardi. Lekin mazkur o‘rinda
shunday emas. Shuning uchun bunday holatlarni kesim ergash gapli qo‘shma gap
sifatida baholash maqsadga muvofiq. Aytish kerakki, kesim ergash gapli qo‘shma
gaplarning birinchi turida bosh gap alohida olinganda ma’noga ega emas,
ergash
gap ikkinchi turida esa ilgari aytilgan o‘zaro tobelanishga ko‘ra esa ma’noga ega,
har ikki qism ham alohida ma’noga ega emas.
Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda
nimani –
shuni, kimni – o‘shani, uni
tarzidagi havola bo‘laklar qo‘llanadi. Masalan:
"Ota nimani talab qilsa, shuni bajarib yurdi”
(Abdulla Qahhor).
Gapida ikki denotativ voqea ifodalangan. Qo‘shma gapning mazmuni ana
shu ikki denotativ voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat bo‘ladi.
Ayrim hollarda
bosh gapda havola bo‘lak ifodalanmasligi mumkin:
Nimadan og’iz ochilsa, to (shuni) bilmaguncha qo‘ymaydi
(Abdulla
Qahhor).
Ba’zan to‘ldiruvchi ergash gapdagi havola bo‘lak ega, bosh gapdagi havola
bo‘lak esa to‘ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Masalan:
Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor
(Maqol).
Nutqda ba’zan bunday ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gaplari
tarkibidagi to‘ldiruvchi vazifasidagi havola bo‘lak
shaklan ifodalanmasligi ham
mumkin. Ammo bu mazmuniy munosabatlarning to‘liq ifodalanaverishiga
to‘sqinlik qilmaydi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
Nimani bersangiz, shunga roziman
(N. Qobul).
Ularning dadalari nima deyishsa, o‘shani olib berishadi.
(Said Ahmad).
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan misollarda havola bo‘laklar o‘rtasida moziylik bor,
havola bo‘lakning har ikkalasi ham to‘ldiruvchi sintaktik o‘rnini egallagan. Xullas,
ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda esa har ikki qism
ham biri ikkinchisisiz mazmunga ega bo‘lolmaydi.
Dostları ilə paylaş: