gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, metionin, valin, argininlar organizm
tomonidan sintez kilinmaydi. Bu aminokislotalar o‘rin almashmaydigan
aminokislotalar deb aytiladi va ular organizmga ozuqalar bilan etkazib beriladi. Bu
aminokislotalar etishmasa mahsuldorlik pasayib
umumiy modda almashinuvi
buziladi.
Kavshovchi hayvonlarda etishmaydigan aminokislotalarning ma’lum bir
qismi organizmda mikroblar tomonidan sintez kilinishi ham mumkin. Bir kamerali
oshqozonda ega bo‘lganlarda esa bunday xususiyat yuk.
Aminokislotalar ichida serin, prolin, asparagin kislotasi, glitsin, glutamin
kislotasi, alanin, sistin, tirozinlar o‘rin almashadigan
aminokislotalar deyiladi va
organizmda azotli birikmalardan sintez ham qilinadi.
Amidlar
- bu oqsilsiz azotli birikma bo‘lib, erkin aminokislotalardan,
ammoniy tuzlaridan, nitrat va nitritlardan tashqil topgandir. Amidlar miqdori
ayniqsa fotosintez jadal ravishda kechayotgan yosh o‘simliklarda yuqori bo‘ladi.
Ildiz mevaliklar va kartoshka tarkibidagi proteinning yarmini amidlar tashqil etadi
va saqlash muddatining oshishi bilan ko‘payadi.
Ozuqaviy qiymati barcha azotli birikmalarda bir hil emas.
Bundan
kavshovchi hayvonlar yaxshi foydalanadi, bir kameraliklarda bunday xususiyat
yo‘q.
Ayrim o‘simiklarda va ozuqalarda amidlar tarkibida hayvonlar uchun zaxarli
bo‘lgan, azot saqlaydigan glyukozidlar ham uchraydi. Bunday ozuqalar
hayvonlarga berilmaydi yoki maxsus ishlov berilgandan so‘ng beriladi.
Ozuqalar tarkibida ortiqcha berilgan protein
organizmda energiya manbai
sifatida va zahira yog‘ hosil bo‘lishida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: