Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 189,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü189,51 Kb.
#162844
1   2   3   4   5
tIaoGTvGQ6Bf77wWwgnp7ZxqM6cShgOqgFKvpEYW

«O‘ylab top» o‘yini
3–4 va undan yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilishi 
maqsadga muvofiq, chunki bu o‘yin samarali natija berishi uchun o‘quvchilar ko‘p 
so‘z bilishlari kerak bo‘ladi. Mazkur o‘yinda ma’lum bir kasbga oid so‘zlar olinib, 
boshlovchi biron kasb egasiga taqlid qilib harakat qiladi, o‘yin ishtirokchilari bu 
harakat qaysi kasbga oid so‘zni ifodalashini topishlari kerak. Bekitilgan so‘z 
kartochkaga yozilgan bo‘lib, so‘zni to‘g‘ri topgan o‘quvchiga ko‘rsatiladi. O‘yinda 
javobni to‘g‘ri topgan o‘quvchilar g‘olib bo‘ladi.
«Kim ko‘p so‘z biladi» o‘yini
ham o‘quvchilarning lug‘at boyligini o‘stirishga 
katta yordam beradi. Buning uchun sinf 2 guruhga bo‘linadi va har bir guruh uchun 
alohida topshiriq beriladi. 1-guruh o‘quvchilariga ikki tomoni bir xil unli bilan 
yoziladigan, 2-guruhga esa ikki tomoniga bir xil undosh yoziladigan so‘zlarni 
doskaga yozish topshiriladi. Masalan: 1-guruh ikki, alla; 2-guruh qiziq, katak kabi. 


Har bir guruh o‘quvchilari birma-bir chiqib so‘zlarni yozadilar. So‘z topolmay 
to‘xtagan guruh yutqazgan hisoblanadi. 
«So‘nggi axborot» o‘yinini
3-sinfdan boshlab, har darsning boshlanish 
bosqichida o‘tkazib turish yaxshi natija beradi. O‘quvchilar hafta davomida o‘zlari 
eshitgan, ko‘rgan yangiliklari xususida so‘zlab beradilar. Bu ish turi o‘quvchilar 
bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlantirishga, so‘z so‘rash, so‘zga chiqish, bir-
birining fikrini davom ettirish, o‘zini xuddi suxandonlar, jurnalistlar kabi tutish 
odobini o‘rganishga yordam beradi. Bu o‘yin o‘quvchilarning og‘zaki nutqini 
o‘stirishga, yangiliklarni o‘zbek tilida eshitish, ularni birinchi bo‘lib so‘zlab berishga 
intilish, chiroyli va bexato gapirishni o‘rgatishga sabab bo‘ladi. 
«
Rasmlarni to‘g‘ri joylashtirish» usuli
. Ma’lumki, ta’lim boshqa tillarda olib 
boriladigan «O‘zbek tili» darsliklarida adabiy o‘qish uchun turli she’rlar, hikoyalar
ertaklar ham berib boriladi. Ushbu ertak va hikoyalar o‘qib bo‘lingach, ularni 
takrorlash uchun ushbu metoddan foydalanish yaxshi natija beradi. Buning uchun shu 
ertaklar asosidagi rasmlarni har xil qilib doskaga terib qo‘yiladi. O‘quvchilar 
rasmlarni mavzuni mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiladigan shaklda qayta 
terib chiqadilar va ertak mavzusini qisqacha so‘zlab beradilar.

Yüklə 189,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin